Binokor

BINOKOR DAHASI – Bektemir tumanining janubiy qismida, Sergeli tumani bilan Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumaniga chegaradosh. Binokor dahasi Bektemir tumani tarkibiga kirgan bo‘lishiga qaramay bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati, dala hovlilar, yakka tartibdagi uy-joylar saqlanib qolgan. Binokor dahasida 2 va 4 qavatli turar joy binolari, kichik sanoat korxonalari, maktab, 2 ta bolalar bog‘chasi, poliklinika, madaniyat saroyi, dam olish uyi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bor.

“BINOKOR” MAHALLASI – Bektemir tumanidagi mahalla. Olim Ashirov mahallasi bilan chegaradosh. 1996 yil “Binokor” dahasi bunyod etilishi munosabati bilan tashkil topgan. Aholisi 3275 kishi (2009). Milliy tarkibi o‘zbek, rus, qozoq, uyg‘ur, tatar va koreyslardan iborat. Mahalla hududida maktab, 2 bolalar bog‘chasi, 7 savdo do‘koni bor. “Qorasoqolota” masjidi mavjud.

“BINOKOR” MAHALLASI (Quruvchilar ko‘chasi, 39a-uy) – Hamza (hozirgi Yasheobod) tumanidagi mahalla. Muqimiy, “Iqbol”, Qo‘yliqota mahallalari bilan chegaradosh. 1992 yil 12 aprelda tashkil etilgan. Mahalla nomi 1965 yil tashkil topgan Toshkent 1-uysozlar kombinatiga nisbat berilib qo‘yilgan. Aholisi 5500 kishi, asosan, o‘zbeklar, rus va b. millat vakillari yashaydi (2009). Mahallada o‘rta maktab, bolalar bog‘chasi, “Shahlo” magazini, sartaroshxona mavjud.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Qadimiy mahallalar. Yalangqar

Post Views: 209 YALANGQAR – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Murod, Zevak, Qoratosh mahallalari bilan chegaradosh …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan