Bosh sahifa » Toshkentliklar » Adham Rahmat

Adham Rahmat

ADHAM RAHMAT (1909–1983) – yozuvchi. 1926 yildan Toshkentda. 2-jahon urushi yillari o‘zbek tilida chiqqan «Qizil askarlar haqiqati» front gazetasi muharriri. Urushdan so‘ng «Sovet O‘zbekistoni» gazetasi muxbiri. Uning ijodida harbiy vatanparvarlik mavzui asosiy o‘rin egallaydi. U o‘zbekistonlik 2-jahon urushi qatnashchilari qahramonliklarini tarannum etgan, bedarak yo‘qolganlarni qidirib topib, xalqqa maʼlum qilishda jonbozlik ko‘rsatgan. Adham Rahmatning «Jangovar lavhalar» (1960), «Ellik bir bahodir» (1961), «Jangovar yillar» (1962), «Shinelli qizlar» (1964), «Toshkentlik kazak» (1973) kabi kitoblari urush qahramonlari jasoratiga bag‘ishlangan. Toshkentdagi ko‘chalardan biri Adham Rahmat nomiga qo‘yilgan.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Badriddin Chochiy (1285–1344)

Post Views: 212 BADRIDDIN CHOCHIY (taxalluslari: Chochiy, Badr, Shoshiy) (1285–1344) – shoir. Toshkentda tug‘ilgan. Misrda va …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan