Bosh sahifa » Allomalar » Abullays Nasr Tunkatiy

Abullays Nasr Tunkatiy

ABULLAYS NASR TUNKATIY, to‘liq ismi Abullays Nasr ibn al-Hasan ibn Qosim ibn al-Fazl ash-Shoshiy at-Tunkatiy (1013–1093) – shayx, muhaddis. Iloq markazi Tunkatda tug‘ilgan. Uni Abulfath deb ham atashgan. Ilm talabida Misr, Mag‘rib, Tunis, xatto Andalus (Ispaniya)ga ham borgan. Olim taniqli savdogar ham bo‘lgan. U asosan buyuk muhaddis Imom Muslim ibn Hajjojning «Sahih al-Muslim» kitobidan saboq bergan. Umrining oxirgi yillarida Nishopurda yashab, u yerdagi jome masjidida quduq qazib suv chiqazgan va boshqa xayrli ishlarga bosh-qosh bo‘lgan. Nishopurda vafot etgan va “al-Hayrat” qabristoniga dafn etilgan.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Mutafakkirlar. Sulaymon Boqirg‘oniy

Post Views: 3 465 Hakim ota, Qul Sulaymon laqablari bilan ham mashhur bo‘lgan so‘fiy shoir (vaf. …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan