Parkent

PARKENT – Toshkent viloyati Parkent tumanidagi shahar (1984 yildan), tuman markazi. Yaqin temir yo‘l stansiyasi va viloyat markazi (Toshkent shahri)dan 47 km. Aholisi 49,1 ming kishidan ziyod (2009). Shahar aholisi va xo‘jaliklari Parkentsoy va Parkent kanalidan suv oladi. Parkentda 38 ishlab chiqarish korxonasi, xususan, Parkent g‘isht zavodi, Parkent sharobi OAJ, qo‘shma korxona, 22 kichik korxona, firmalar, non zavodi, dehqon va …

batafsil »

Bo‘ka – arxeologiya yodgorligi

BO‘KA – arxeologiya yodgorligi. Qorasuv kanalining o‘ng sohilida, hozirgi Bo‘ka shahrining shimoliy chekkasida joylashgan. Maydoni 6 gektar, balandligi 20 m keladigan tepalik ko‘rinishida saqlangan (qadimda shahar 10 gektardan ortiq hududni egallagan). Qadimiy ark (hisor), vayronaga aylangan shahristonning bir qismidan iborat. Yodgorlikda qazishmalar o‘tkazilmagan, lekin dastlabki to‘plangan arxeologik materialga ko‘ra unda hayot milodning dastlabki asrlarida vujudga kelgan. Ilk o‘rta asrlarda bu …

batafsil »

Registon

REGISTON – O‘rta Sharq mamlakatlari shaharlaridagi markaziy maydon. Ko‘pincha ark yoki hokim saroyi yonida barpo etilgan. Turli yig‘inlar o‘tkazilgani uchun maʼmuriy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Dastlab, meʼmoriy yechimi sodda bo‘lgan; ko‘pchilik tomonidan toptaladigan bu joyga yozda tuprog‘i o‘ynab ketishi, yog‘in-sochin vaqtida botqoqqa aylanishidan saqlash maqsadida qum-toshlar yotqizilgan. Shu xususiyati bilan boshqa ochiq joylardan farqlangan. Keyinchalik Registon atrofiga mahobatli jamoat binolari (jome …

batafsil »

Otchopar

OTCHOPAR, «Toshkent otchopari» OAJ (Bunyodkor shohko‘chasi, 156) – ot sporti bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladigan sport majmuasi. 1976 yilgacha Otchopar Qo‘yliq yaqinida bo‘lgan. 1974–75 yillarda respublikada eng yirik Otchopar qurildi (meʼmorlar R.U.Asanov, E.I.Gusarova) va 1976 yil ishga tushirildi. 2001 yil sentyabrdan Respublika ot sporti majmuasi tasarrufidagi «Toshkent otchopari» OAJ. Umumiy maydoni 66,5 gektar. Asosiy faoliyati – O‘zbekistonda ot sportini rivojlantirish, uning moddiy …

batafsil »

Nuriddin Akramovich Muhitdinov

Nuriddin Akramovich Muhitdinov (1917 yil 19 noyabr – 2008 yil 27 avgust) – davlat va siyosat arbobi, diplomat. Toshkentda tug‘ilgan. Moskva savdo-kooperativ institutini tugatgan (1938). 2-jahon urushi qatnashchisi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining kotibi (1950–51), Ministrlar Sovetining raisi (1951–55), Tashqi ishlar vaziri (1953–54), O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1-kotibi (1955–57). Nuriddin Akramovich Muhitdinov 1957–61 yillarda KPSS Markaziy Komitetining kotibi, keyin “Sentrosoyuz” boshqaruvi …

batafsil »

“Taraqqiy”

“Taraqqiy” – jadidlar gazetasi. 1906 yil 14(27) iyundan Toshkentda chop etilgan. Noshiri va muharriri – Ismoil Obidiy. “Taraqqiy” tom maʼnodagi ilk milliy nashr hisoblanadi. Uning sahifalarida chor Rossiyasining Turkistonda olib borayotgan mustamlakachilik siyosatini dadillik bilan fosh qilishga bag‘ishlangan maqolalar, xabarlar va maʼlumotlar bosilgan. “Taraqqiy”da bosilgan felyeton va boshqa materiallarda tanqidiy yo‘nalish, fosh qilish ruhi kuchli bo‘lganligi uchun u o‘sha davrning …

batafsil »

“Labzak” mahallasi

“Labzak” mahallasi (Bahor ko‘chasi, 4) – Shayxontohur tumanidagi mahalla. “Kohota” va “Taxtapul” mahallalari bilan chegaradosh. Mahalla o‘tmishda «Sirli masjid», sho‘rolar davrida “Bahor” nomi bilan atalgan, keyinchalik “Izvestiya” mahallasi bilan “Bahor” birlashib, hozirgi “Labzak” mahallasi tashkil qilindi. Mahalla hududi Labzak arig‘i bo‘yida joylashganligi sababli “Labzak” – «zaxkash suv bo‘yi» deb nomlangan. Mahalla hududida shaharning Labzak darvozasi bo‘lgan. Aholisi 6,5 ming kishi, asosan, …

batafsil »

«Mo‘yi muborak» madrasasi

«Mo‘yi muborak» madrasasi – meʼmoriy yodgorlik (1857). Toshkentning Hastimom mavzesida, Qaffol Shoshiy maqbarasi janubida joylashgan. Toshkent hokimi Mirzo Ahmad qushbegi tomonidan pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan. Madrasa bitgach, Mirzo Ahmad unga Abdulmajidxon eshonni (sobiq muftiy Ziyovuddin Eshon Boboxonning bobosi) mudarris etib tayinlagan. Tarixchi Muhammad Solihxo‘ja o‘sha davrda madrasa o‘rni aholi tomonidan Xoja Ahror tug‘ilgan joy deb tushunilib, Xoja Ahror maydoni deb …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Zangiota

ZANGIOTA – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. “Suzukota”, “Chaqar”, “O‘qchi”, “Chuqurko‘prik”, “Zaxariq”, «Samarqand darvoza», “Eshonguzar” mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, kosibchilik, savdo-sotiq, shahar tashqarisidagi yerlari (Zangiota, Qatortol, No‘g‘oyqo‘rg‘on mavzelari)da dehqonchilik hamda bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Maktab, masjid, choyxona, sartaroshxona, baqqollik va kosibchilik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshi). Meʼmoriy yodgorliklardan Xo‘ja Nuriddin maqbarasi (16-asr) saqlangan. Hozir hududida …

batafsil »

Binokor

BINOKOR DAHASI – Bektemir tumanining janubiy qismida, Sergeli tumani bilan Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumaniga chegaradosh. Binokor dahasi Bektemir tumani tarkibiga kirgan bo‘lishiga qaramay bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati, dala hovlilar, yakka tartibdagi uy-joylar saqlanib qolgan. Binokor dahasida 2 va 4 qavatli turar joy binolari, kichik sanoat korxonalari, maktab, 2 ta bolalar bog‘chasi, poliklinika, madaniyat saroyi, dam olish uyi, savdo va maishiy xizmat …

batafsil »

Isoxo‘ja qozi madrasasi

ISOXO‘JA QOZI MADRASASI (1830) – Sebzor dahasidagi madrasa. Asli sebzorlik Iso­xo‘ja qozikalon tomonidan pishiq g‘ishtdan qurdirilgan. Tarkibida dastlab bir necha hujra, 2 darsxona, xonaqoh va hovuz bo‘lgan. 1868 yilda madrasa 14 hujra, bir masjid, 1 dars­xona, tahoratxonadan iborat bo‘lib, kunchiqar tomonida katta mozor joylashgan. Madrasada Toshkentning nufuzli shaxslari Hakimxo‘ja qozi mudarris va imom, uning akasi shayxulislom Oyxo‘ja esa mutavalli bo‘lgan. …

batafsil »

Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi o‘rnini kim aniqlagan?

Bu savolga barcha birdek “Vasiliy Lavrentevich Vyatkin” deb javob beradi. To‘g‘ri, ushbu olim akademik V.Bartold yordamida arxeologik qazishmalar uchun ajratilgan mablag‘ bilan 1908-1911 yillarda rasadxona o‘rnida dastlabki qidiruv ishlarini olib borgan va inshoot qoldiqlarini aniqlagan. Biroq ungacha bo‘lgan voqealar tafsilotlarini bilamizmi? Aslida, rasadxona o‘rni qanday aniqlangan? Rasadxona o‘rnining topilishida “Samariya” kitobining muallifi – Abu Tohir Xo‘janing avlodidan bo‘lgan, Shayboniyxon madrasasi …

batafsil »

Nuriddin Muftizoda (Muftizodalar qismati. 2-qism)

Salohiddin Muftizodaning ukasi Nuriddin Muftizoda ham sho‘ro mustabid tuzumining beayb qurbonlaridan biridir. 1904 yil tug‘ilgan Nuriddin 1916 yilgacha Munavvar qorining maktabida talim olgan va uning eng sevimli o‘quvchilaridan biri edi. 1918-1919 yillarda taraqqiyparvar ziyoli Said Ahroriyning “Vatan” maktabida tahsil olgan. Shundan so‘ng komsomol tashkilotiga kirib, Toshkent shahar Shayxontohur daha komsomolida kotib va bir vaqtda Eski shahar mahalla kommissiyasi markaziy byurosida …

batafsil »

Milliy taraqqiyparvarlarning chor oxrankasi tomonidan taʼqib etilishi

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida, ayniqsa, 1905 yil rus inqilobidan keyin Turkistonda chor mustamlakachilik siyosatining kuchaya borishi bilan mahalliy xalq o‘rtasida mustamlakachilik zulmiga qarshi norozilik kayfiyati kuchaya boshladi. Mahalliy xalqning peshqadam ziyolilari jaholat va qoloqlikka qarshi, erk va hurriyat uchun kurashish maqsadida maʼrifatparvarlik va taraqqiyparvarlik g‘oyalarini olg‘a surdilar. Ularning saʼy-harakati bilan milliy matbuot, zamonaviy adabiyot va teatr sanʼati …

batafsil »

Тамга Амира Темура

В изучении истории узбекской государственности тамги, гербы, печати, тавра, клейма и другие знаки и метки имеют большое историческое значение. Тамги и похожие на тамги другие знаки, являющиеся знаками принадлежности к какому-либо роду или племени, благодаря своим особенностям, входят в число важных исторических источников. Интерес к тамгам, которые широко распространены в тюркском мире, не иссякает вот уже два столетия. Несмотря на …

batafsil »