Bosh sahifa » Ta'lim muassasalari » “Xadichai Kubro” madrasasi

“Xadichai Kubro” madrasasi

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti 1993 yili “Eshon Boboxon” nomi ostida o‘z faoliyatini boshladi. Bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi musulmonlari uchun o‘rta ma’lumotli dinshunos, odobnoma, boshlang‘ich arab tili o‘qituvchisi tayyorlanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining 1998 yil 15 iyuldagi majlis qarori asosidagi № 295-sonli bo‘yrug‘i bilan “Xadichai Kubro” nomiga o‘zgartirildi va “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti nomi ostida o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Bilim yurti 1998 yil 10 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tgan. 1998 yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ruxsatnomasi bilan ishni davom ettirgan.

Bilim yurtining asosiy maqsadi dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan, islom dini asoslarini o‘zlashtirgan, insonparvarlik, xalqparvarlik va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalangan, o‘rta maxsus ma’lumotli islomshunos mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.

2000-2001 o‘quv yilidan boshlab, bilim yurti davlat standartiga o‘tgani sababli umumta’lim fanlar ximiya, fizika, astronomiya, matematika va biologiya fanlariga katta e’tibor berilmoqda. Mutaxassislik fanlari: Qur’oni Karim va tajvid, fiqh, aqoid, tafsir, arab tili fanlarida guruhdagi talabalar ikkiga bo‘linib o‘qitilmoqda.

1993 yildan 1999 yilgacha sirtqi bo‘limni 230 nafar talaba bitirdi. Hozirgi kunga qadar 500 dan ortiq talabalar ushbu bilim yurtida diniy va dunyoviy bilimlarni egallab, mutaxassisliklari bo‘yicha o‘z diplomlariga ega bo‘ldilar.

Bilim yurtiga O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari va Koraqalpog‘iston Respublikasidan 9-sinfni bitirgan tayanch ma’lumotli ayol-qizlar muayyan sinov asosida talabalikka qabul qilanadi.

Bilim yurti Toshkent shahar, Uchtepa tumani, O‘rikzor dahasi, Zarafshon ko‘chasi 15-uyda joylashgan.

Bilim yurti o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar va ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi qaror va ko‘rsatmalari asosida olib boradi.

Talabalarga 19 nafar mudarrisa dars bermoqda. Ularning barchalari oliy ma’lumotli.

O‘qish muddati 4 yil.

O‘quv rejasi va talablarini to‘liq bajargan, bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalarga mazkur bilim yurtini bitirganlik to‘g‘risida boshlang‘ich arab tili murabbiysi, diniy ma’rifiy va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari malahatchisi diplomi beriladi.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti diniy ta’lim faoliyatini olib borish uchun zarur sharoitlarga ega. Bilim yurti o‘z faoliyatini O‘zbekiston musulmonlari idorasining Maxsus jamg‘armasi va talabalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tushgan mablag‘lardan olib boradi.

Talabalar darsliklar va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlar.

Bilim yurti ikki qavatli binoda joylashgan bo‘lib, jami 10 ta o‘quv mashg‘ulot xonalari, shu jumladan 5 ta fan xonasi, kutubxona, kompyuter xonasi, ma’muriy xonalar, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, bundan tashqari tikuvchilik xonasi, oshxona, yotoqxona va boshqa yordamchi xonalar mavjud.

Bilim yurtida 2000-2001 o‘quv yilidan boshlab, uzluksiz ta’lim Davlat standartlari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi standartlari asosida ishlab chiqilgan o‘rta maxsus islom bilim yurtlari ta’lim standarti joriy etilgan.

Moddiy texnika bazasi va kutubxona fondi yildan yilga boyitib borilmoqda. Kutubxona fondi 16 647 dona kitobni tashkil etadi.

Talabalarga diniy va dunyoviy ta’lim berish bilan birga tikuvchilik, to‘quvchilik, oshpazlik kabi hunarlar ham o‘rgatiladi.

Bilim yurtiga kirish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

– bilim yurti mudiri nomiga ariza;

– ma’lumoti haqida hujjat (asli);

– yashash joyidagi masjid imomidan yo‘llanma (yoki maxalla oqsoqolidan tavsifnoma);

– sog‘lig‘i haqida tibbiy ma’lumotnoma (U-086-shaklida);

– 6 dona 3×4 hajmda fotosurat;

– tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

– yashash joyidan ma’lumotnoma;

Quyidagi fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari topshiriladi:

– o‘zbek tili va adabiyoti (diktant);

– ma’naviyat va ma’rifat (test);

– chet tili (test);

– tarix (test).

Izoh: qabul imtihonlari materiallari to‘kqiz yillik maktab dasturi asosida tuziladi. Bu imtihonga katnashishdan avval suhbatdan o‘tish kerak, suhbatda 5 ta savol beriladi, 3 tasiga to‘g‘ri javob berilsa, imtihonga qatnashishga izn beriladi.

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus Islom bilim yurti manzili:

Toshkent shahri, Uchtepa tumani, O‘rikzor dahasi, Zarafshon ko‘chasi, 15-uy.
Tel: 299-24-11.

Манба

O‘xshash maqola

Turkiston xalq universiteti

TURKISTON XALQ UNIVERSITETI – Markaziy Osiyoda rus oliy ta’limiga asos bo‘lgan ilk o‘quv maskani. Turkiston …

Битта мулоҳаза

  1. Assalomu alaykum. Savol. Kirish imtihonlariga kirishdan oldin 5 ta savol beriladi deb yozilgan. Savollar nima bo’yicha bo’ladi?. Javob uchun oldindan raxmat

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan