Bosh sahifa » Ta'lim muassasalari » Turkiston sharq instituti

Turkiston sharq instituti

TURKISTON SHARQ INSTITUTI – Toshkentdagi ilk oliy o‘quv yurtlaridan biri. Institutda sharq­shunoslar tayyorlangan. 1918 yil tashkil qilingan. O‘qish muddati talaba va erkin tinglovchilar uchun 4 yil bo‘lgan. Institut­da 3 bo‘lim (ilmiy-nazariy, amaliy, 1922 yildan mahalliy millat vakillari uchun tayyorlov), 12 kafedra (eronshunoslik, turkshunoslik, arabshunoslik, tilshunoslik, falsafa, siyosiy iqtisod, islomshunoslik, davlat huquqi, musulmon Sharqi tarixi, etnografiya, musulmon san’ati, xalqaro huquq) bo‘lgan. 1922/23 o‘quv yili institutda 210 talaba o‘qigan. 1924 yildan O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti)ning fakultetiga aylangan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Turkiston xalq universiteti

TURKISTON XALQ UNIVERSITETI – Markaziy Osiyoda rus oliy ta’limiga asos bo‘lgan ilk o‘quv maskani. Turkiston …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan