Bosh sahifa » Yangiliklar » Toshkentda fransuz olimi Choʻlpon hayoti va ijodi toʻgʻrisida maʼruza qiladi

Toshkentda fransuz olimi Choʻlpon hayoti va ijodi toʻgʻrisida maʼruza qiladi

Yevropa tillari bayrami munosabati bilan Fransiya elchixonasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanini fransuz tiliga tarjima qilgan fransiyalik tadqiqotchi Stefan Dyuduanon (Stéphane Dudoignon) bilan uchrashuv tashkil etmoqda. Bu haqda Fransiya elchixonasining matbuot xizmatiga tayanib Korrespondent.uz xabar qildi.

Uchrashuvda Stefan Dyuduanon O‘zbekiston tarixi va madaniyati, jumladan, jadidchilik harakati hamda Cho‘lpon hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’ruza qiladi.

Ma’ruza 26-sentabr kuni soat 15-00 da O‘zbekiston milliy kutubxonasining “Jahon” o‘quv zalida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.​

O‘xshash maqola

Сведения об учреждениях в городе Ташкенте по приёму физических и юридических лиц (497)

Адреса народных приемных в городе Ташкенте и его районах: народные приемные Президента Республики Узбекистан в …

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan