Bosh sahifa » Teg arxivlari: Turkiston Muxtoriyati

Teg arxivlari: Turkiston Muxtoriyati

2-qism. Turkiston Muxtoriyati va uning qonga botirilishi tarixidan

Muxtoriyat olish uchun ishni nimadan boshlamoq kerak? Mulohazali kishilar “Oldin Peterburgning bu ishga munosabatini aniqlab, so‘ngra harakat boshlamoq kerak”, deb yo‘l ko‘rsatdilar. Bir qancha maskovchi boylar, “zakunchilar” va jadidlar Peterburgga bordilar, Ularning Muvaqqat Hukumatdagi tanishlari bu masalani yaqin o‘rtada o‘tkazilishi mo‘ljallangan, Rossiyaning kelajagi va taqdirini hal etishga vakolati bo‘lgan Taʼsis Majlisi kun tartibiga qo‘yishni maslahat berdilar. Agar Taʼsis Majlisi chaqirilsa, …

batafsil »

Turkiston Muxtoriyati va uning qonga botirilishi tarixidan (1-qism)

1917 yil yoz oylarida Davlat dumasiga bo‘ladigan saylov oldidan nomzodlar ko‘rsatish uchun saylovchilar ro‘yxatlari tuzildi. Bolsheviklarga hayrihox saylovchilar to‘rtinchi ro‘yxatga, mustaqillik tarafdorlari esa sakkizinchi ro‘yxatga qayd etildilar. Ro‘yxatlar tuzilgach, saylovoldi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Xo‘qand Jomeʼ masjidi hovlisida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarning birida mazkur ikki ro‘yxat tarafdorlari o‘rtalarida boshlangan munozara janjalga aylanib, qon to‘kilishi bilan yakunlandi. Shu kundan eʼtiboran bolsheviklar tarafdorlari “to‘rtinchilar”, …

batafsil »

Turkiston Muxtoriyati zamondoshlar qarashlarida

Milliy davlatchilik qurilishi masalasiga yondoshish, Turkistonning to‘la muxtoriyat olish g‘oyasini ilgari surish milliy gazeta sahifalarida 1917 yil aprel oyidan boshlab ko‘zga tashlanadi1. 1917 yil aprelida bo‘lib o‘tgan Turkiston musulmonlari I qurultoyining tub maqsadi ham mamlakatni qanday idora qilish hamda milliy hukumat tuzishga hozirlik ko‘rish edi. Gazetalarning aprel, may oyi sonlarida berilgan maqolalarda 1917 yilning 1 may kuni Moskvada chaqirilgan I …

batafsil »

G‘ozi Yunus va Turkiston Muxtoriyati

Туркистон мухторияти байроғи

“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ilmiy jamoasi tomonidan yaqindagina nashr yuzini ko‘rgan “Tarixning nomaʼlum sahifalari” davriy to‘plamining 6 – kitobida jadidshunos olim Sirojiddin Ahmadning “Vatan va xalq manfaatini ko‘zlagan adib” nomli maqolasida taniqli jurnalist, noshir, dramaturg G‘ozi Yunus (1887-1942) hayoti va uning publitsistik merosi haqida atroflicha maʼlumot berilgan edi. Ayniqsa, uning tarjimai holi bilan bog‘liq yangi, shu vaqtgacha biror joyda eʼlon …

batafsil »

Turkiston Muxtoriyatida Farg‘ona jadidlarining ishtiroki

1917 yilda Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim masalalardan biri, bu Turkistonda yangi boshqaruv usulidagi davlatchilikni tashkil etish edi. Tez orada turli shaharlarda “Sho‘roi Islomiya”ning shoʻbalari tashkil topdi. 1917 yil 25 mayda Qo‘qonda Farg‘ona viloyati musulmonlari syezdi bo‘lib o‘tdi. Viloyat “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti ushbu syezdning tashkilotchilaridan bo‘ldi. Syezdda 42 musulmon tashkilotidan 98 delegat ishtirok etdi1. Jadidlar ommani “Sho‘roi Islomiya” atrofida jipslashishga …

batafsil »

Turkiston Muxtoriyati uchun kurashning g‘oyaviy asoslari

Туркистон мухторияти байроғи

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, respublika hayotining barcha jabhalarida tub islohotlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. O‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilashi milliy tiklanish bilan bog‘liq jarayonlarni chuqur idrok etishda milliy davlat qurilishi tajribasini ilmiy o‘rganilishi, O‘zbekistonni yangilanish va taraqqiyot yo‘lidagi tajribalarni umumlashtirishni taqozo etadi. Bugungi kunda 100 yil avval yurtimizda milliy-demokratik davlatchilikni barpo etishda ilk tajriba bo‘lgan Turkiston Muxtoriyati uchun kurash tarixi …

batafsil »

Turkiston Muxtoriyati

Туркистон мухторияти байроғи

1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo‘qonda yuz bergan voqyealar Turkistonda ijtimoiy-ciyosiy harakatlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Qo‘qon shahrida 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Turkiston  o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli bo‘lib ishtirok etdilar. Qurultoyning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan …

batafsil »