Bosh sahifa » Teg arxivlari: Toshkent (page 20)

Teg arxivlari: Toshkent

“Yangi Toshkent”. Madaniy hayot. Xalq maorifi

Toshkent Rossiya tomonidan bosib olinganidan so‘ng chor hukumati yangi shaharning siyosiy va iqtisodiy sohalari bilan bir qatorda o‘z bolalari uchun maktablar tashkil etish ishlarini jadallik bilan olib bordi. Tub aholining maorif sohasiga nazar tashlasak, bu yerda deyarli xar bir mahallada joylashgan masjidlarda boshlang‘ich ma’lumot beruvchi maktablar mavjud bo‘lgan

batafsil »

Nikolskoye posyolkasi (Siolkovskiy)

Nikolskoye posyolkasi (Nikolskoye) – Toshkent shahriga eng yaqin masofada joylashgan qishloq (taxminan Siolkovskiy). Ruslar bosqiniga qadar bu yerlar Sho‘rtepa va Saritepa deb nomlanib, qisman jaloyir, sirg‘ali, qipchoq, qirg‘iz kabi urug‘lar, qisman shu atrofda va shaharda yashovchi o‘zbeklar (sartlar)ga tegishli bo‘lgan

batafsil »

Qo‘yliq qishlog‘i

Qo‘yliq qishlog‘i (Seleniye Kuylyuk) Toshkentdan 2 versta masofada joylashgan edi. XIX asrning oxirlarida Qo‘yliq Qurama (Kuraminskiy) uyezdining markazi hisoblangan. Mazkur uyezd Sirdaryo harbiy gubernatorining 1868 yil 20 oktyabrdagi buyrug‘iga binan, Toshkent uyezdidan Toshkent shahri alohida ma’muriy birlik sifatida ajralib chiqqanidan so‘ng tashkil etilgan

batafsil »

Tarixi jahonnamoyi (yakuni)

KITOBNING XOTIMASI JANOB XUDOYORXON VALINE’MAT VA BUXORO PODSHOHI ZAFARSIZ MUZAFFARGA BAG‘ISHLANGAN BO‘LIB, ULARNING DAVRIDA YUZ BERGAN VOQEALAR BAYON ETILADI Fatonat arboblarining guli, navo va ahli sanoat nuktadonlari, sohibfasohat va zukko eshituvchilar jamoatiga ma’lum va ravshan bo‘lsinkim, ul vaqt va zamonda Buxoro amiri ko‘p lashkar bilan kelib, o‘zi Buxoroga qaytib, davlat qarorgohiga orom bo‘lgan edi

batafsil »

Toshkent va Zarafshon havzasi tosh davri jamoalari madaniyati xususida

“Toshkent vohasi Xorazm, Surxon, Zarafshon, Farg‘ona vohalari kabi Vatanimizning ko‘hna madaniyat markazlaridan biridir. Buni mazkur mintaqada kishilik tarixi taraqqiyotining ilk bosqichlaridan, to urbanik (shaharlashish) jarayongacha bo‘lgan davrga oid tarixiy-madaniy yodgorliklarning mavjudligi isbotlaydi

batafsil »

Darxon jangi

DARXON JANGI (1865 yil 8 may) – chor Rossiyasi qo‘shinlari bilan Toshkent mudofaachilari o‘rtasida sodir bo‘lgan jang. General M.G.Chernyayev boshchiligidagi rus qo‘shinining Toshkentni egallash uchun yo‘lga chiqqanidan xabar topgan toshkentliklar zudlik bilan mudofaaga hozirlanadilar

batafsil »

Oqqo‘rg‘on

OQQO‘RG‘ON – qadimgi Toshkentning atrofidagi mavzelardan biri, shaharning sharqiy chekkasida, Shibli arig‘idan sharqda joylashgan. Sharqiy chegarasi Salor kanaliga qadar bo‘lgan. Mavzening janubiy qismi tarixiy manbalarda «Chimrabot» deb atalgan

batafsil »