Bosh sahifa » Teg arxivlari: «Toshkent» ensiklopediyasi

Teg arxivlari: «Toshkent» ensiklopediyasi

Furqat

FURQAT (taxallusi; asl ism-sharifi Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li) (1859–1909) – ma’rifatparvar shoir, mutafakkir, publitsist. Qo‘qondagi madrasada tahsil ko‘rgan (1873–76), 1889 yil iyunda Toshkentga kelgan va 1891 yilgacha shu yerda yashagan. Shoir Toshkentda dastlab «Ko‘kaldosh» madrasasida istiqomat qilgan. Zamonasining taraqqiyparvar kishilaridan Sattorxon Abdug‘afforov, Jo‘rabek Qalandar o‘g‘li, Muhiddin Hakimxo‘ja o‘g‘li, Saidrasul Saidaziz o‘g‘li bilan tanishgan. 1892 yilgi Toshkent qo‘zg‘oloni tashkilotchilari Ahmad­xo‘ja Abdurashidxo‘ja o‘g‘li, …

batafsil »

Kaykovus

KAYKOVUS – qadimiy kanal, Bo‘zsuvning o‘ng tarmog‘i. Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) va Shayxontohur tumanlari hududidan oqadi. 6–7-asrlarda Bo‘zsuv kanali kattalashtirilib, undan Kaykovus chiqarilgan va Qoraqamish jarligiga yetkazilgan. Muhammad Solihxo‘janing «Tarixi jadidai Toshkand» asarida Bo‘zsuv ham Kaykovus deyilgan. 16-asrda Kaykovus bo‘yida (shahar qo‘rg‘oni tashqarisida) Kaykovus chorbog‘i bo‘lgan. Hozirgi Kaykovus Shayxontohur GESning yuqori b’yefidan boshlanadi, uzunligi 28 km, suv o‘tkazish imkoniyati 20 …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Yalangqar

YALANGQAR – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Murod, Zevak, Qoratosh mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan, 300 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi o‘zbeklar bo‘lib, ko‘pchiligi hunarmand­chilik, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Yalangqarda 2 masjid, 2 choyxona, qabriston, rus-tuzem maktabi (1895 yil tashkil etilgan), baqqollik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi Yalangqar hududiga turar joy va ma’muriy binolar qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Qashqar (Qoshg‘ar)

QASHQAR, Qoshg‘ar – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Turk, Ila, Tojik mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Bir chekkasi Yangi shaharga tutashgan. Qariyb 130 xonadon yashagan. Aholisi 1830-yillarda Qo‘qon xoni tomonidan, asosan, Qash­qardan ko‘chirib keltirilgan qash­qarliklar (nomi shundan), bir qismi o‘zbeklar bo‘lgan; savdo-sotiq, shahar tash­qarisidagi yerlari (Oqqo‘rg‘on, Bo‘z, Yalang‘och va boshqa mavzelar)da deh­qonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Qashqarda 4 ta karvonsaroy, bozor, masjid, …

batafsil »

Torko‘cha (Tolko‘cha)

TORKO‘CHA, Tolko‘cha – Ko‘kcha dahasidagi qadimiy mahalla. Kattahovuz, Darboza mahallalari va Bo‘zsuv kanali bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 300 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, savdo-sotiq, bog‘dorchilik, dehqonchilik, (Ingichkako‘prik, Shofayziquloq, Ko‘kcha Oqtepasi mavzelarida) bilan shug‘ullangan. Mahallada katta hovuz, masjid, do‘konlar bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududining bir qismiga Gulobod dahasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi 1-shahar klinik kasalxonasi qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 …

batafsil »

Turkiston general-gubernatorligi

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI – ma’muriy-hududiy birlik. Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi jarayonida, 1867 yil 11 iyulda tashkil qilingan. General-gubernatorlikni asosan harbiylar boshqargan. Bosib olingan Turkiston o‘lkasining birinchi general-gubernatori lavozimiga general Kaufman tayinlangan. Unga Turkistonni «Rossiya qo‘lida mahkam saqlash, davlat xarajatlarini kamaytirish va daromadlarni ko‘paytirish» vazifasi yuklatilgan. Tukiston general-gubernatorligi Rossiyaning boshqa general-gubernatorliklaridan farqli, harbiy vazirlikka bo‘ysundirildi. General Kaufmanga shu darajada katta …

batafsil »

Do‘stum (Abdul-quddus) sulton

DO‘STUM SULTON, Abdul-quddus sulton (?–1598) – Toshkent hokimi (1580 yildan). Shayboniylardan. Iskandarxon ibn Jonibekxon (Buxoro xoni)ning o‘g‘li. Abdullaxon II ning akasi. Dastlab (1560 yildan) Karmana hokimi bo‘lgan. Do‘stum sulton she’riyatga havasmand bo‘lib, o‘zi ham she’rlar yozgan. 1598 yil jiyani, Buxoro xoni Abdulmo‘minxon tomonidan farzandlari bilan birgalikda Toshkentda qatl etilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Do‘rmon

DO‘RMON – o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Do‘rmon mo‘g‘ulcha «to‘rt» demakdir. To‘rtta urug‘dan tashkil topgani uchun shunday atalgan bo‘lishi mumkin. Do‘rmon qabilasi 15-asrda O‘zbek ulusida katta nufuzga ega bo‘lgan. Do‘rmonlar 16-asr boshlaridan e’tiboran O‘rta Osiyo hududiga kelib o‘rnashib, Buxoro xonligining siyosiy hayotida faol qatnashgan. Do‘rmonning bir qismi Toshkent vohasiga kelib joylashgan va joy nomi atamasi sifatida saqlanib qolgan (Toshkent …

batafsil »

Xotinmasjid, O‘rozaliboy jome masjidi

XOTINMASJID, O‘rozaliboy jome masjidi – o‘tmishda Sebzor dahasining Xotinmasjid mahallasidagi masjid (1754). Toshkentning yirik va qadimiy masjidlaridan, noyob me’moriy yodgorlik bo‘lgan. «Tarixi jadidayi Toshkand» asariga ko‘ra, o‘tmishda bir ayol tomonidan qurilgani uchun shunday atalgan. 1858–59 yillarda Toshkentlik O‘rozaliboy tomonidan ta’mirlangach, uning nomi bilan ham atala boshlangan. Xotinmasjid Beklarbegi madrasasining sharqida, Eskijo‘va mavzeida joylashgan bo‘lib, uning qoshida bir hujra, maktab va …

batafsil »

Labzak arig‘i (Jangob)

LABZAK ARIG‘I, Jangob – Bo‘zsuv kanalining o‘ng tarmoqlaridan biri, shahar hududida sharqdan g‘arb yo‘nalishida oqadi, suvi Quyi Bo‘zsuv arig‘iga qo‘shiladi. Uzunligi taxminan 4 km. «Labzak» nomi «labi zax» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «zaxkash yer» ma’nosini anglatadi. Manbalarda shu nomli ariq 19-asrdan boshlab uchraydi. Xalq orasida «Jangob» degan nomi ham mashhur, bu nom qadimiyroqdir. Bu ariq 18-asrda shahar markazidan oqib o‘tgan. …

batafsil »

Bo‘rijar (Bo‘rjar)

BO‘RIJAR (Bo‘rjar) – kanal, Bo‘zsuvning chap tarmog‘i. Oqtepa GES yuqorisidan boshlanadi. Uzunligi 5,4 km, suv sarfi 33 m3/s. Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari hududidan oqadi. Bobur, Muqimiy, CHo‘ponota, Farhod, Do‘mbir­obod ko‘chasi hamda Katta O‘zbekiston trakti, Toshkent – Samarqand temir yo‘lini kesib o‘tib, Salor kanaliga qu­yiladi. Kanalning o‘zani chuqur bo‘lib, qirg‘oqlari tik. Ba’zi joylarida qirg‘oq yonbag‘irlarining balandligi 20–25 m ga yetadi, quyi …

batafsil »

Xayrobod eshon majmuasi

XAYROBOD ESHON MAJMUASI (Qatortol ko‘chasi) – me’moriy yodgorlik (18–19-asrlar). Xayr­obod eshon mablag‘iga usta Qoraxo‘ja rahbarligida bunyod etilgan. Majmua masjid, maqbara, hovuzli hovlidan iborat. Maqbara trapetsiya tarhli (7,5×7,7 m), bezaksiz, pishiq g‘ishtdan ganch qorishmasida barpo etilgan. Masjid to‘rtburchak xonali (12,5×16,5 m), oldi va shim. tomondan ustunli ayvonlar bilan tutashgan. Masjidning ichki devorlariga taxmonlar va navoli tokchalar ishlangan. Ayvonlar islimiy naqshlar bilan …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Ochmasjid

OQMASJID – Shayxontohur dahasidagi qadimiy mahalla. Jarko‘cha, Xo‘jaro‘shnoi, Darxon, Balandmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Mahallada 400 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, savdo-sotiq, mayda hunarmandchilik, shuningdek shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. 4 masjid, 2 choyxona, baqqollik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshlari). Hozirgi Oqmasjid hududida Labzak mavzei qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

«Kolizey» (Toshkent)

«KOLIZEY» (Jizzax ko‘chasi; hozirgi Buxoro ko‘chasi, 10) – teatr tomoshalari uchun sanoatchi G.M.Sinsadze qurdirgan bino, 1903 yil qurila boshlagan (me’mor E.F.Gofman). «Kolizey» lotincha – mahobatli demak. Qadimda Rim shahrida flaviylar amfiteatri shunday atalgan. «Kolizey» avval sirk tomoshalari uchun mo‘ljallangan, zal sahnasining shifti temirdan, gumbaz shaklida ishlangan. Dastlab bu yerda sayyor sirk truppalari tomosha ko‘rsatgan, keyinchalik zaldan turli teatr tomoshalari uchun …

batafsil »

Lutfiy (Lutfiyi Shoshiy)

LUTFIY (1366–1465), Mavlono Lutfiy – o‘zbek shoiri, orif va mutafakkir. O‘z zamonining «malik ul-kalomi». YAqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Dehikanor mavzei deb ko‘rsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlab yozilgan «Funun ul-balog‘a» asari topilgach, undagi «ma’dan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy» jumlalariga asoslanib, Lutfiyning ona vatani Toshkent bo‘lgan, degan fikr ham ilgari surildi. Lutfiyning hayot yo‘li …

batafsil »