Bosh sahifa » Teg arxivlari: Toshkent-2200

Teg arxivlari: Toshkent-2200

Первая мировая война и ташкентцы

Начало первой мировой войны на территории Российской империи сопровождалось усиленной патриотической кампанией на страницах периодической печати, целью которой, как представлялось, было естественное желание властей консолидировать различные народы и социальные группы населения «единой и неделимой» державы перед лицом «общей угрозы». Однако в обществе отношение к войне и ее последствиям было достаточно сложным и противоречивым. Жители Ташкента (как и многие другие туркестанцы) …

batafsil »

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent shahridagi nomusulmon diniy konfessiyalar

Qadimdan Turkiston o‘lkasining iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lib kelgan Toshkent shahrida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida sodir bo‘lgan keskin o‘zgarishlar o‘lkada mustamlaka tuzumining o‘rnatilishi bilan bog‘liq edi. Bu davrda o‘lka siyosiy markaziga aylangan shahar hayotida sodir bo‘lgan muhim va ziddiyatli o‘zgarishlar ijtimoiy-ma’naviy sohalarda ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Turkistonda an’anaviy boshqaruv tizimining barham topib, mustamlakachilik harbiy boshqaruvining qaror topishi …

batafsil »

Toshkent shahri Shayx Zayniddin majmuasidagi chillaxonaning foydalanishi xususida

Toshkentning janubi-g‘arbida, Ko‘kcha arig‘i yonida, VI-XII asrlarda qo‘rg‘on bo‘lgan. O‘sha davrda undan sharq tarafda Kuyi Orifon mavzesida ikki qavatli, pishiq g‘ishtdan bino bunyod etilgan va tadqiqotlar bu bino astronomik mohiyatga ega ekanligini tasdiqladi, keyinchalik u Chillaxona deb ataldi. Bu ob’yektda dastlab V. A. Levina-Bulatova[1] arxeologik tadqiqotlar olib borib, uning natijalarini 1960 yili “O‘zbekiston me’moriy merosi” to‘plamida “Zayniddin maqbarasi tarixi haqida” …

batafsil »

Toshkent me’moriy yodgorliklari tarixidan

Haqli ravishda “Sharq darvozasi” nomiga musharraf bo‘lgan Toshkent – nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahondagi qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, dunyo sivilizatsiyasi rivojiga o‘z munosib hissasini qo‘shgan. Shahar muhim savdo karvonlari kesishgan, Buyuk ipak yo‘li tarmog‘ida joylashgan edi. Bu o‘z navbatida shahar madaniy hayoti va rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Toshkent XIX asr boshlariga kelib Qo‘qon xonligi hududiga kiritilib, xonlikning asosiy shaharlaridan biri …

batafsil »

Toshkent g‘arblik diplomat nigohida

1865 yilda rus podshosi qo‘shinlari general M.G. Chernyayev boshchiligida Toshkent shahrini ishg‘ol qilganlaridan 8 yil o‘tgach, o‘lkada harbiy harakatlar olib borilayotgan bir davr – Qo‘qon va Xiva xonliklariga qarshi harakatlar kuchaygan pallada – Sankt-Peterburgdan O‘rta Osiyoga AQSHning Rossiyadagi bosh konsuli Yevgeniy Skayler[1] tashrif buyuradi. Ye. Skayler O‘rta Osiyo bilan avvaldan 1868 yildayoq qiziqib qolgan edi. O‘shanda u moskvalik savdogarlar bilan …

batafsil »

Shosh – Toshkent vohasi aholisining etnik xususiyatlari (IX-XII asrlar)

Shosh (Toshkent) vohasi IX-XII asrlarda Movarounnahrdagina emas, balki musulmon olamida ham salohiyatli hisoblangan. Bu davrda Movarounnahrning iqtisodiy – ijtimoiy hayoti va aholi o‘rtasida sodir bo‘lgan etnik jarayonlar Sirdaryo sohillari va mazkur daryoning shimolidagi hududlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Chunki tarixiy manbalarda turli davrlarda Choch, Shosh va Toshkent deb nomlangan voha Movarounnahrning Buxoro, Samarqand, shuningdek Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini Yettisuv va …

batafsil »

XVIII asr ikkinchi yarmi Toshkent tarixini o‘rganilishi xususida

Toshkent qadimdan Markaziy Osiyoning ichki va tashqi savdosida asosiy o‘rin tutuvchi yirik savdo hunarmandchilik markazlaridan biri bo‘lgan. Jumladan, Dashti Qipchoq hududida yashovchi ko‘chmanchi chorvador qabilalar Rossiya, Sharqiy Yevropa, Hindiston va Xitoy kabi yirik savdo markazlari bilan doimo aloqada bo‘lib kelgan. X-XI asrlarga oid arab manbalaridagi ma’lumotlariga ko‘ra Toshkent qadimdan katta shahar bo‘lib, uning bozorlari doimo xorijiy savdogarlar bilan to‘lib turgan. …

batafsil »

Toshkentlik olimlarning o‘rta asrlarda ilmlar rivojiga qo‘shgan hissasi

Hozirgi kunda insoniyat tamadduni jarayonida ilm-fan taraqqiyotiga Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda yetishib chiqqan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ibn Kasir al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud az-Zamaxshariy kabi buyuk allomalar ulkan hissa qo‘shganlari butun jahon ahli tomonidan e’tirof etilib, ularning ilmiy merosi har tomonlama chuqur o‘rganilmoqda va undan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Ushbu buyuk allomalar …

batafsil »

XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Toshkentning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini yorituvchi manbalar tahlili

Toshkent shahri o‘zining tarixiy taraqqiyot jarayonida uzoq va mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tdi. Shahar bir qancha bosqinchilik tajovuzlari, inqirozlar va yuksalish davrlarini boshidan kechirdi hamda o‘zining siyosiy, madaniy va savdo markazi kabi xususiyatlarini aslo yo‘qotmadi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Rossiya imperiyasining Turkistonga bosqinchilik yurishlari boshlandi. 1865 yil iyun oyida qattiq qarshilikdan so‘ng shahar aholisi taslim bo‘ldi. Endi Toshkent 1917 yilgacha …

batafsil »

Toshkent-2200. Toshkentning O‘rta Osiyoda kechgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlarda tutgan o‘rni (XVI-XIX asrning birinchi yarmi)

XVI asrdan boshlab Toshkent turli siyosiy voqyeliklar tizimiga tortilib, dastlab Shayboniylar, so‘ngra Ashtarxoniylar davlatining chekka o‘lkasi hisoblangan bu hududda o‘ziga xos siyosiy jarayonlar kechgan. XVIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligida yuzaga kelgan siyosiy hayot inqirozi uning turli viloyatlari taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan. Shunday hududlardan biri hisoblangan Toshkentda shu asrning boshlarida mahalliy xo‘jalarning mavqyei ortib borgan. Natijada shaharda to‘rt daha xo‘jalari tomonidan …

batafsil »

Toshkent-2200. Beruniy va Ptolemey Toshkent haqida

Toshkentning 1983 yilda nishonlangan 2000 yilligi yodimizda. O‘shanda, asosan arxeologik qazishmalarga asoslanib, o‘sha sana nishonlangan edi. Toshkent haqida tarixiy manbalarda eslatilishi ham qariyb 2000 yilga borib qoladi. Tarixiy tadqiqotlar tajribasi ko‘rsatishicha, biror shahar yoki davlatning yozma manbada eslatilishi bu ob’yektlarning paydo bo‘lishidan 2-3 asr, ba’zan esa 5 asr kech keladi. Shuning uchun Toshkentning tarixini ham bemalol ikki ming yildan ortiq …

batafsil »

Toshkent-2200. Toshkent mahalla – ko‘ylarining ayrim tarixiy nomlari semantikasi

Poytaxtimizning tarixiy manzarasida asrlar osha qad ko‘targan son-sanoqsiz turarjoylar toponimiyasida o‘ziga xos beniyoz ma’noyu sifatlarni anglatuvchi turli fonetik shakllardagi atamalar qayd etiladi. Ularda nafaqat shahar va uning tevarak atrofi tabiati, xususan pastu balandliklardan iborat yer sathi yoki shaharliklarning obi hayot manbai anhoru sug‘orish tarmoqlari, balki shahar ma’muriy qismlarining ko‘rki bo‘lgan daha, mahalla-ko‘y, imoratu inshootlari va ularda o‘z in’ikosini jilolagan shaharsozlik …

batafsil »

Toshkent-2200. XIV–XV asrlar manbalarida Toshkent shahri va viloyati haqida ma’lumotlar

Toshkent shahri va viloyatining o‘rta asrlardagi tarixi yozma yodgorliklarda ma’lum darajada o‘z aksini topgan va XIV–XV asrlar manbalarida ham bu haqda ozmi-ko‘pmi ma’lumot uchraydi; ko‘proq tarixiy asarlarda, u yoki bu voqyelik bayonida so‘z yuritiladi va ular mazmun jihatdan ancha tarqoq. XIV–XV asr boshlariga oid davr uchun Amir Temur saltanati va XV asr birinchi yarmi uchun Mirzo Shohrux hukmdorligi xususida so‘z …

batafsil »

Toshkent-2200. Toshkent vohasi urbanizatsiya jarayonini kosmik suratlar orqali o‘rganish

Qadimdan hozirgi kunga qadar Markaziy Osiyo xalqlari sug‘orma dehqonchilik orqali oziq-ovqatga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini qondirib kelgan. Dehqonchilikka bunday bog‘liqlik natijasida, aholi aynan o‘sha qishloq xo‘jaligi bilan muntazam shug‘ullanadigan yerlarda joylashgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, uning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tubdan o‘zgardi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ba’zi vositalar orqali aholi o‘sishiga, davlat siyosatiga va an’anaviy yerdan foydalanish tajribalariga …

batafsil »

Toshkent-2200. Qadimgi Choch yodgorliklarida olib borilgan kimyoviy-texnologik va ta’mirlash ishlari tahlili

1966 yil 1 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti tarkibida maxsus ilmiy laboratoriya tashkil etildi. Unga respublikamizda ochilayotgan arxeologik yodgorliklarda topilayotgan noyob san’at asarlari, turli hunarmandchilik mahsulotlari va me’moriy yodgorliklarni tabiiy fan usullari yordamida o‘rganish, ularni ta’mirlash va saqlash usullarini yaratish va zaruriy amaliy ishlarni bajarish yuklatilgan edi

batafsil »