Bosh sahifa » Teg arxivlari: Шош

Teg arxivlari: Шош

Shoshlik muhaddislar. Abu Sa’id Iso ibn Solim Shoshiy

Iso ibn Solim Abu Sa’id Shoshiy (vaf. 232/847) — Shosh ahlidan[1], u Aris (kuyov) deb tanilgan[2], uning kunyasi Abu Sa’iddir[3]. U ishonchli muhaddis bo‘lib, el-yurt kezgan. Iso ibn Solim Shoshiy Abu Xudba Ibrohim ibn Xudba[4], Ubaydulloh ibn Amr, Baqiya ibn al-Valid va boshqalardan hadislar rivoyat qilgan. Abu Bakr Xatib Bag‘dodiyning xabar berishicha, «U Bag‘dodg‘a kelgan va bu yerda yirik muhaddis, …

batafsil »

Toshkent-2200. Toshkent mahalla – ko‘ylarining ayrim tarixiy nomlari semantikasi

Poytaxtimizning tarixiy manzarasida asrlar osha qad ko‘targan son-sanoqsiz turarjoylar toponimiyasida o‘ziga xos beniyoz ma’noyu sifatlarni anglatuvchi turli fonetik shakllardagi atamalar qayd etiladi. Ularda nafaqat shahar va uning tevarak atrofi tabiati, xususan pastu balandliklardan iborat yer sathi yoki shaharliklarning obi hayot manbai anhoru sug‘orish tarmoqlari, balki shahar ma’muriy qismlarining ko‘rki bo‘lgan daha, mahalla-ko‘y, imoratu inshootlari va ularda o‘z in’ikosini jilolagan shaharsozlik …

batafsil »

Shoshlik allomalar

“Nasab” arabcha so‘z bo‘lib, kelib chiqish, nasl-nasab, sulola, ajdod ma’nolarini anglatadi. Islom ahlining ko‘payishi, arab xalqlarining ajam xalqlari bilan qo‘shilib ketishi nasablarni o‘rganish haqidagi ilmning dunyoga kelishiga zamin yaratdi. Uning asoschisi nasab ilmining imomi Hishom ibn Muhammad ibn Soib al-Kilabiy (vafoti hijriy 204 (milodiy 820) yil)dir. Shu an’ana davomchisi “Al-Ansob” muallifi — toj al-islom Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad ibn …

batafsil »

Nukat

NUKAT – o‘rta asrlarda Iloq shaharlaridan biri (3–12-asrlar). Choch markazidan Iloq poytaxti Tunkatga boradigan savdo yo‘lida joylashgan. Arab geograflari asarlarida Iloqning eng yirik shaharlaridan biri, 12-asr geograflarida esa Iloq poytaxti sifatida qayd etilgan. Uning xarobalari To‘ytepa shahrining g‘arbiy chekkasida, Toshkentdan 25 km janubida Ulkan To‘ytepa nomi bilan saqlangan

batafsil »

Nujakat

NUJAKAT, Nujkat, Unjakat – o‘rta asrlarga oid Choch shahri (9-17-asrlar). Arab geograflari (10-asr) asarlarida Sirdaryo va Chirchiq daryolari kechuvida, shuningdek, So‘g‘ddan va Banokatdan keluvchi savdo yo‘lida joylashgan shaharlar ro‘yxatida qayd etilgan. Uning xarobalari hozirda Chirchiq daryosining quyilish yerida, daryoning chap sohilida, Gul qishlog‘ida joylashgan O‘jakent shahar xarobasi nomi bilan mashhur

batafsil »

Kavardon (Kabarna, Kabarnaket)

KAVARDON, Kabarna, Kabarnaket – arxeologik yodgorlik (miloddan avvalgi 4-asr – milodiy 5-asr boshlari). Chochdagi qadimiy shahar xarobalari. Arab geograflari asarlarida Kabarna nomi bilan qayd etilgan (10-asr). Toshkentdan 25 km sharqda. Yangibozor shahridan 6 km janubda, Kavardon qishlog‘ining shimoliy chekkasida joylashgan

batafsil »

Ilk o‘rta asrlardagi Choch taraqqiyotiga So‘g‘dning ta’siri

Tarixiy Choch O‘rta Osiyodagi yirik dehqonchilik vohasi (Chirchiq va Ohangaron daryolari havzasi) va ko‘chmanchi chorvadorlarning hududlari kesishgan o‘ziga xos madaniyatga ega mintaqa hisoblanadi. Choch haqidagi ilk yozma ma’lumotlar Qang‘ davlati va undan mustaqil davlatlar ajralib chiqishi davriga to‘g‘ri keladi

batafsil »

Qadimgi davrda Isfijob va Shosh etnomadaniy aloqalari

Maqolada Isfijob va Toshkent tarixiy-madaniy o‘lkalaridagi arxeologik komplekslar qiyosiy tahlil etilgan. Olingan ma’lumotlar asosida mahalliy-avtoxton va migratsion jarayonlar natijasida kirib kelganlarning komponentlari alohida ko‘rsatilgan. ЭТНОКУЛЬТУРНЫЕ СВЯЗИ ИСПИДЖАБА И ШАША В ЭПОХУ ДРЕВНОСТИ

batafsil »

Qovunchitepa

QOVUNCHITEPA – arxeologik yodgorlik, shahar xarobasi. Yangiyo‘l shahrida, Kurkuldak kanalining so‘l sohilidagi do‘ngliklarda joylashgan. Maydoni – 25 gektar. Ark (50×50 m), shahriston (150×100 m)dan iborat. Atrofi mudofaa devori va xandaq bilan o‘ralgan. Janub va g‘arb tomonida hunarmandlar mahallalari – rabodlar tutashgan. 1970 va 1976 yillarda Yu.F.Buryakov tomonidan tadqiq etilgan

batafsil »