Bosh sahifa » Teg arxivlari: mahalla (page 2)

Teg arxivlari: mahalla

“Roziqboy” mahallasi

ROZIQBOY – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Teshaboy, Badalboy, Arpapoya mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Taxminan 80 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, qo‘ychilik, hunarmandchilik, baqqollik bilan shug‘ullangan. Maktab, masjid, baqqollik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshlari). Hozirgi hududida Olmazor dahasining turar joy binolari qurilgan

batafsil »

Samarqand darvoza

SAMARQAND DARVOZA – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Zangiota, Chaqar, Zaxariq, Kamolon mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan, bir chekkasi Chaqarariqqa yondoshgan. Hududida shahar darvozalaridan biri – Samarqand darvozasi joylashgan (nomi shundan). Samarqandga boriladigan karvon yo‘li shu yerdan boshlangan. Mahallada 50 dan ortiq xonadon yashagan

batafsil »

Shohnishintepa

SHOHNISHINTEPA – Ko‘kcha dahasidagi qadimgi mahalla. Chaqar, To‘qlijallob, Chig‘atoy mahallalari bilan chegaradosh. Chig‘atoy darvozasi yonida joylashgan. 300 ga yaqin xonadon bo‘lgan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, mayda hunarmandchilik, savdo-sotiq, bog‘dorchilik va dehqonchilik (Zaxariq, Oqtepa, Beltepa, Damariq mavzelarida) bilan shug‘ullangan

batafsil »

“Sariko‘l” mahallasi

«SARIKO‘L» MAHALLASI (Fidoyilar ko‘chasi, 26) – Mirobod tumanidagi mahalla. Fitrat, «Qorasuv», «Oltinko‘l» mahallalari bilan chegaradosh. 1930-yillarda mahalla o‘rnida Chirchiq daryosi oqib o‘tgan, keyinchalik daryo o‘rnida ko‘l paydo bo‘lgan, uning suvi loyqa sariq rangda bo‘lganligi uchun «Sariqko‘l» deb atashgan

batafsil »

Tikanlimozor

TIKANLIMOZOR – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Qovurmoch, Xonaqoh, Chorsu, Qo‘rg‘ontagi mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 300 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar tashqarisidagi yerlarida), baqqollik bilan shug‘ullangan

batafsil »

Zanjirlik

ZANJIRLIK – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Quduqboshi, Mergancha, Padarkush mahallalari bilan chegaradosh. Quyi va Yuqori Zanjirlikka bo‘lingan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, savdo-sotiq, shahar tashqarisidagi yerlarida (Avayxon, Tovkattepa, Askiya, Labzak) dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Shayxontohur arig‘idan suv ichilgan

batafsil »

Uchtepa

UCHTEPA – ilk o‘rta asr qishloq xarobasi (6-8; 10-15-asr boshi) – Oqtepa maydonidagi «Mebel» do‘koni o‘rnida joylashgan uchta tepalikdan iborat. Binkat atrofidagi hunarmandlar yashaydigan qishloq bo‘lib, asosan sopol va shisha buyumlari bilan shuhrat qozongan. Mo‘g‘ullar istilosi (13-asr boshi)dan so‘ng, 14-15-asrlarda hayot qisman tiklangan. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so‘ng shahar va uning atrofida keng qurilish ishlari olib borilishi jarayonida tekislanib tashlangan

batafsil »

Shayxontohur. Xadra, Darxon, Balandmasjid, Zanjirlik, O‘qchi mahallalari

Xadra mahallasi Toshkentning eski shahar qismidagi qadimgi murakkab chorrahalaridan biri hisoblanadi. Shahriston bilan chegaradosh, G‘arbda Chorsu bilan bog‘langan ko‘cha, Shimolda Eskijo‘va tomonga boradigan ko‘cha, Sharq tomondan shaharni o‘rda bilan ulaydigan toshko‘cha, Janub tomon esa Beshyog‘och dahasiga olib borgan

batafsil »

Suzukota mahallasi

Shu mahalla faollaridan bo‘lmish Asqarxoji Obidov to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra mahallaning asoschisi Suzukota (Mustafoqul) XII asrning o‘rtasi XIII asrning boshida yashagan. Xoja Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Hushtojning kenja o‘g‘li Mustafoqul 1140 yilda Sayramda tavallud topgan

batafsil »