Bosh sahifa » Teg arxivlari: mahalla

Teg arxivlari: mahalla

Qadimiy mahallalar. Govkush

GOVKUSH – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Xo‘ja Ro‘shnoyi, Balandmasjid, Degrez mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan va Shayxontohur ko‘chasi (Toshko‘cha; hozirgi Navoiy ko‘chasi)ga tutashgan. Aholisi 600 ga yaqin kishi; asosan, o‘zbeklar. Shayxontohur arig‘idan suv ichgan. Aksariyat aholisi to‘qimachilik, kosibchilik va boshqa hunarlar bilan shug‘ullangan. Do‘kon, masjid bo‘lgan (20-asr boshlari). Mahalla aholisining dehqonchilik yerlari va bog‘lari Otchoparda va Tovkattepada bo‘lgan. Govkushning hozirgi hududida …

batafsil »

Toshkent-2200. Toshkent mahalla – ko‘ylarining ayrim tarixiy nomlari semantikasi

Poytaxtimizning tarixiy manzarasida asrlar osha qad ko‘targan son-sanoqsiz turarjoylar toponimiyasida o‘ziga xos beniyoz ma’noyu sifatlarni anglatuvchi turli fonetik shakllardagi atamalar qayd etiladi. Ularda nafaqat shahar va uning tevarak atrofi tabiati, xususan pastu balandliklardan iborat yer sathi yoki shaharliklarning obi hayot manbai anhoru sug‘orish tarmoqlari, balki shahar ma’muriy qismlarining ko‘rki bo‘lgan daha, mahalla-ko‘y, imoratu inshootlari va ularda o‘z in’ikosini jilolagan shaharsozlik …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Sho‘rtepa

SHO‘RTEPA – Shayxontohur dahasidagi qadimiy mahalla. Degrez, Tikanlimozor, Hadra, Balandmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 200 dan oshiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, pilla chuvish, bog‘dorchilik, savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Sho‘rtepada 2 masjid, hovuz, 2 tegirmon, 2 objuvoz, 10 savdo do‘koni, 2 qabriston bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi Sho‘rtepa hududida savdo shoxobchalari joylashgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Qadimgi mahallalar. Badrboy

«BADRBOY» – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. «Sorchabon», «Mirzag‘ozi», «Temirchi», «Chuqurko‘prik» mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik qilishgan, hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Masjid, temirchilik ustaxonasi, baqqollik do‘konlari, juvozxona, 3 tegirmon, choyxona bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududida turar joy massivi qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Qadimgi mahallalar. Gulbozor

GULBOZOR – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Hadra va Sebzor dahasining Qoshiqchilik mahallalari bilan, Shayxontohur ko‘chasi va Chorsu bozori bilan chegaradosh bo‘lgan. Gulbozorda 200 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik (tunukasozlik, bo‘z to‘qish va h.k.), dehqonchilik (mahalla aholisining dehqonchilik yerlari va bog‘lari Nazarbek, Qorasuv, CHo‘ponota mavzelarida bo‘lgan), savdo bilan shug‘ullangan. Uchta masjid, bir necha rasta, 2 qavatli mehmonxona, do‘konlar …

batafsil »

Allon mahallasi

ALLON MAHALLASI (Forobiy ko‘chasi, 278) – Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumanidagi mahalla. «Chimboy», «Chig‘atoy darvoza», Alisher Navoiy, «Beruniy maydoni» va «Universitet» mahallalari bilan chegaradosh. 1931 yil tashkil qilingan. «Allon» so‘zi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» va Navoiy asarlarida «Olong» (tepalik, past-balandlik ma’nosida) shaklida uchraydi. Darhaqiqat, «Allon» Binkat atrofida, shahar devoriga yaqin joydagi tepalik yerda vujudga kelgan. Aholisi 3646 kishi (2009). …

batafsil »

“Chaqar”dagi (yo‘qotilgan) topilma

Toshkent shahrining qadimiy (hozir ham mavjud bo‘lgan) “Chaqar” mahallasida olib borilgan qazishma ishlarida topilgan “hammom” qoldiqlari. Ekspeditsiya yakunida ko‘mib yuborilgan va o‘rnida hozirgi Respublika rassomlik kolleji qurilgan

batafsil »

Kohota Buzruk jome masjidi

Kohota Buzruk jome masjidi – sobiq Sebzor dahasining Taxtapul darvozasi yaqinida, hozirgi Shayxontohur tumani Kohota mahallasida joylashgan (taxminan 18-asr). Masjid ichida Kohota Buzruk maqbarasi joylashgan. Kohota Buzruk (Buzurg) shaxsi to‘g‘risida turli qarashlar mavjud. Sharqshunos A.Nosirovning «Toshkent mashoyixlari» mavzusida to‘plagan materiallaridagi ma’lumotlarga qaraganda, Kohotaning asl ismi Said Kamoliddin Shomiy bo‘lgan. Muhammad Solihxo‘ja Toshkandiyning (19-asr) yozishicha, Kohota Xoja Ahmad Yassaviy sulukiga mansub …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Bodak

BODAK – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Ganchtepa, Orqako‘cha, Olmazor, Turk-Yangishahar mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, qishda qisman hunarmandchilik bilan, yoz mavsumida shahar tashqarisida – Do‘rmon va Yalang‘ochda dehqonchilik, bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan

batafsil »

Xonaqoh

XONAQOH – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Tikanlik mozor, Murod, Ko‘kmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 300 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, baqqollik va dehqonchilik (shahar tashqarisidagi dalalarida) bilan shug‘ullangan. Choyxona, temirchilik ustaxonalari, misgarlik ustaxonasi, baqqollik do‘konlari, masjid bo‘lgan (20-asr boshi)

batafsil »

“O‘qchi”, qadimiy va hozirgi mahalla

O‘QCHI – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Mergancha, Olmazor, Tepaqishloq mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Toshkent tuproqqo‘rg‘oniga yondoshgan. 100 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar (600 nafar kishidan ortiq)

batafsil »

Rabot (Ravot)

RABOT, Ravot – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Qumloq, Mozorxon, Chuvalachi, Gurunchariq mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Uch qismga bo‘lingan, 300 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, aksariyati turli kasb-hunarlar, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Maktab, 3 masjid, choyxona, ustaxonalar, do‘kon, 2 tegirmon, objuvoz bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududida zamonaviy binolar qurilgan

batafsil »

Tojik mahalla

TOJIK MAHALLA – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Turkyangishahar va Qashqar mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. O‘rda atrofida qo‘qonlik askarlar qarorgohi joylashgan. Askarlar asosan, tog‘lik, Qorategin, Darvozdan olingan tojiklar bo‘lgan. Mahalla sharqdan Toshkentning Yangi shahar qismiga tutash bo‘lgan. 3 qismga bo‘lingan. Aholisi (qariyb 500 xonadon) asosan, tojiklar bo‘lib (nomi shundan)

batafsil »

Chuvalachi

CHUVALACHI – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Teshikqopqa, Chigitboshi, Kaduvot, Hasanboy mahallalari bilan chegaradosh. 100 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, ko‘pchiligi hunarmandchilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar tashqarisidagi yerlarida), savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Chuvalachida tegirmon, bir necha baqqollik do‘konlari, choyxona, masjid bo‘lgan (20-asr boshi)

batafsil »