Bosh sahifa » Teg arxivlari: илм

Teg arxivlari: илм

Ilm. Islomda meros masalasi

Илм. Исломда мерос масаласи

Meros so‘zi «Virosatun» so‘zidan olingan bo‘lib ma’naviy yoki moliyaviy haqqa ega bo‘lish degani. Ya’ni, biron narsani bir shaxsdan boshqasiga o‘tishligidir. Shu ma’noga ko‘ra “Meros” mol, boylik, ilm, ulug‘likni o‘z ichiga oladi. Fiqxiy tushuncha bo‘yicha, mayitning ortida shar’iy vorisga qolgan mol va huquqlarga meros deyiladi. Meros ilmining asosiy dalil va hujjatlari Qur’oni Karim, sunnat va ijmo’dan olingan. Bu ilmda qiyosga o‘rin …

batafsil »

Ma’rifat. Mehnat – rohat…

Маърифат. Оила – бахт саройи

Bu dunyo sinov dunyosi, unda hamma narsa mehnat, mashaqqatga bog‘liq. Kim mehnat qilsa, rohat ko‘radi. Kim dangasalikka o‘rganib, muntazam ravishda rohatga mayl qilsa, rohatdan mahrum bo‘ladi yoki unga aslo erisholmaydi. Shuning uchun ham donolar: «Agar charchashni xohlamasang, charchagin!» deyishgan. Ya’ni «Mashaqqatlardan qutulib, rohatga erishmoqchi bo‘lsang, avval mashaqqat bilan mehnat qil, undan keyin chekkan mashaqqatlaring evaziga umr bo‘yi rohatda yashaysan», deganidir …

batafsil »

Vatanimiz bayrog‘i

Ватанимиз байроғи

«O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi oliy kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh ko‘kda falakning bayrog‘i bo‘lib porlab turibdi, ko‘ngilda muhabbat bayrog‘i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog‘i nurlantiradi. Ozod va obod Vatanimiz — O‘zbekistonning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir. …

batafsil »

Islom – tinchlik va bag‘rikenglik dinidir

Илм. Мусулмоннинг барча иши пухта ва мукаммал бўлиши керак

«Mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va dinlararo totuvlikni, fuqarolar hamjihatligini yanada mustahkamlash, yagona xonadonimiz bo‘lmish O‘zbekistonda istiqomat qiliyotgan barcha insonlarning millati va dini, irqi va jinsiga qaramasdan, ularning tinchligini va osoyishtaligini ta’minlash – bu boradagi ishlarimizniig asosiy ma’no–mazmuniga aylanishi darkor». Islom KARIMOV 1995 yil 16 noyabrda YUNESKO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida Bag‘rikenglik tamoyillari to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilindi. YUNESKO tomonidan bag‘rikenglikka oid yetmishdan …

batafsil »

Ma’rifat. Oila – baxt saroyi

Маърифат. Оила – бахт саройи

Alloh taolo insoniyat naslining nikoh yo‘li bilan davom etishini iroda qilib, O‘zining so‘nggi va mukammal dinida bunga oid barcha hukmlarni bayon etgan. Shuning uchun dinimizda ushbu muqaddas robita – nikoh tufayli vujudga keladigan oilaga katta e’tibor beriladi. Islom dini nikohni, oilaning sha’nini qanchalik himoya qilishini, maxluqotning gultoji bo‘lmish inson naslining davomiyligini ta’minlovchi ilohiy ko‘rsatmalar Qur’oni karimda ham bosh mavzulardan biri …

batafsil »

Ilm. Ihtikor (monopoliya) va uning fiqhiy tahlili

Илм. Иҳтикор (монополия) ва унинг фиқҳий таҳлили

Dinimiz Islom insoniyatning karamli hayot kechirishini ta’minlashga haris bo‘lgan dindir. Inson naslining dunyo va oxiratda saodatga erishmog‘i uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy va ma’naviy ehtiyojlari dinimizda shar’iy hukmlar uchun asos qilib olingan. Fiqh ilmining qariyb yarmidan ko‘pini tashkil qilgan oldi-berdi va muomalot sohasiga nazar soldigan bo‘lsak, savdo-sotiqlarda murojaat qilish harom qilingan barcha muomalot turlarining ta’qiqlanish negizida inson manfaatiga ochiq zid …

batafsil »

Ulamolarimiz. Saidqul Qizilbuloqiy (1894 – 1960)

Мутафаккирлар. Абулқосим Исҳоқ ибн Муҳаммад Ҳаким Самарқандий

Olim va orif inson, shariat va tariqat ilmlari bilimdoni Saidqul Abdurahim o‘g‘li 1894 yili hozirgi Forish tumanining Qizilbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Abdurahim mingboshi boy, dinu diyonatli va ma’rifatli inson edi. Zehnu qobiliyatli besh-(olti) yashar o‘g‘lini boshlang‘ich savod chiqarishi uchun Mulla Jo‘liboy qo‘lida o‘qitdi. So‘ngra Saidqul bolatoshlik imom-xatib domla Omon Oxunddan ta’lim olib, 7–8 yoshlarida hofizi Qur’on bo‘ldi. O‘sha paytlari Samarqandning …

batafsil »

Ma’rifat. Musibat ham ne’matdir..

Маърифат. Мусибат ҳам неъматдир..

Haqiqatan ham bu dunyo sinov hayotida boshimiz turli xil imtihonlarga duch keladi. Ba’zida bizning ko‘zimizga chiroyli, foydali, ne’matdek bo‘lib ko‘ringan ish, oqibatda bizlar uchun balo, ofat, yomonlik bo‘lib chiqadi. Ba’zida esa biz yoqtirmagan, yomon deb bilgan musibat, oqibatda biz uchun manfaatli, xayrli haqiqiy ma’nodagi ne’mat bo‘lib chiqadi. Bu haqida Alloh taolo “Baqara” surasining 216-oyatida shunday marhamat qiladi: “…Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz …

batafsil »

Ilm. Savdoda halollik

Илм. Савдода ҳалоллик

Islom dinida kishilar o‘rtasidagi tadbirkorlik, ishbilarmonlik va hamkorlik munosabatlarini o‘ziga xos hususiyatlari va nozik jihatlariga doir masalalar mufassal bayon qilingan bo‘lib, insonlarni doimo haq va adolatga rioya qilishga targ‘ib etiladi. Haq va adolat kishining huquq va majburiyatlarini tashkil etadi. Alloh taolo Nahl surasi 90 oyatida bu haqida shunday deydi: “Albatta, Alloh taolo adolatga, ezgu ishlarga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur, …

batafsil »

Odam savdosidan ogoh bo‘ling!

Odam savdosidan ogoh bo‘ling!

Inson Alloh taolo tomonidan yaratilgan narsalarning gultojidir. Dunyodagi qolgan boshqa barcha narsalarni Alloh taolo inson foydasi uchun yaratgandir. Alloh taolo Qur’oni karimning “Isro” surasining 70 oyatida:         ولقد كرمنا بنى ءادم “Batahqiq, Biz Bani Odamni mukarram qilib qo‘ydik” degan. Bu haqiqatni tushunib olishimiz uchun “Shariatning maqsadlari nimalardan iborat?” degan savolga javob berilsa, shuning o‘zi kifoya. Bu savolga islom ummati o‘n to‘rt …

batafsil »

Ilm. Ta’ziya odoblari

Илм. Таъзия одоблари

Ayriliq dardi og‘ir, juda og‘ir. Taqdiri ilohiyga bo‘ysunsak-da, qazoning haqligiga iqror bo‘lsak-da, banda ekanmiz, yuraklar o‘rtanadi, ko‘kraklar damodam qisiladi. Ko‘zyoshlarimiz sabr bulog‘idan toshib chiqib, g‘am qahri orqali anduh ummoniga oqadi. Vaqti-soati yetib olamdan o‘tish xalqimiz tilida «bandalikni bajo keltirish» deyiladi. Bandalikni bo‘yniga olgan inson yoshi ulg‘ayib borar ekan, omonatini topshirish tadorigini ko‘radi. Har bir insonning umri poyoniga yetar ekan, barcha …

batafsil »

Ilm. Juma kunining odoblari

Илм. Жума кунининг одоблари

1) G‘usl qilish: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Juma kuni g‘usl qilish har bir balog‘atga yetgan kishining burchidir” (Buxoriy (879) rivoyati); 2) Poklanish: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Kim juma kuni g‘usl qilsa, qo‘lidan kelganicha poklansa, sochini yog‘lasa, uyidagi atirdan sepsa, so‘ng masjidga borib, odamlar yelkasidan hatlab o‘tmasa, so‘ng qo‘lidan kelganicha nafl o‘qisa, so‘ng imom xutba …

batafsil »

Ilm. Musulmonning barcha ishi puxta va mukammal bo‘lishi kerak

Илм. Мусулмоннинг барча иши пухта ва мукаммал бўлиши керак

Chin musulmonning shaxsiyati barcha ijobiy xislatlarni o‘zida mujassam qilib, salbiylaridan yiroq bo‘ladi. Zero, musulmon odam ilmu irfon, harakat va mehnat bilan olamni obod qilishga, dunyoda ezgulik urug‘ini sochishga buyurilgan bo‘lib, bunga faqat mas’uliyat, jiddu jahd va har ishni puxta va mukammal ravishda bajarish orqaligina erishish mumkin. Musulmon kishi o‘zi egallagan kasbning mohir bilimdoni bo‘lishi talab etiladi. Agar u dehqon bo‘lsa, …

batafsil »

Ilm. Qarzdan qutulish duosi

Илм. Қарздан қутулиш дуоси

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo‘lish uchun shartlashilgan bahodagi mablag‘ni topolmay, Hazrati Ali roziyallohu anhudan yordam so‘radi. Shunda u zot: «Senga Rasululloh o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataymi? Agar اللهم اكفني بحلالك عن حرامك واغنني بفضلك عمن سواك. «Alloohummakfiniy bihalaalika ‘an haroomika vag‘niniy bifazlika ‘amman sivaaka» duosini o‘qib yursang, qarzing tog‘ning bir taraficha bo‘lsa ham, xalos bo‘lasan», dedilar. 330/1. (Ma’nosi: …

batafsil »