O‘zbek xalqi etnik tarixini o‘rganishda xitoy manbalarining ahamiyati

O‘zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi)ni o‘rganish masalasi ko‘pdan beri olimlar e’tiborini jalb qilib kelmoqda va bu orada ancha ishlar ham qilindi. Ammo ushbu masalani mukammal holda yechish nihoyatda murakkab bo‘lmoqda. Bizning fikrimizcha, buning sababi, quyidagilardan iborat. 1) Hozirgi o‘zbek xalqi ko‘p komponentli bo‘lib, uning aksariyat qismi turkiy qabilalar va avlodlardan tashkil topgan. Buning isbotini o‘zbeklarning «92 urug‘» tarkibiga nazar tashlaganimizda …

batafsil »

Labzak arig‘i (Jangob)

LABZAK ARIG‘I, Jangob – Bo‘zsuv kanalining o‘ng tarmoqlaridan biri, shahar hududida sharqdan g‘arb yo‘nalishida oqadi, suvi Quyi Bo‘zsuv arig‘iga qo‘shiladi. Uzunligi taxminan 4 km. «Labzak» nomi «labi zax» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «zaxkash yer» ma’nosini anglatadi. Manbalarda shu nomli ariq 19-asrdan boshlab uchraydi. Xalq orasida «Jangob» degan nomi ham mashhur, bu nom qadimiyroqdir. Bu ariq 18-asrda shahar markazidan oqib o‘tgan. …

batafsil »

Toshkent shahri Shayx Zayniddin majmuasidagi chillaxonaning foydalanishi xususida

Toshkentning janubi-g‘arbida, Ko‘kcha arig‘i yonida, VI-XII asrlarda qo‘rg‘on bo‘lgan. O‘sha davrda undan sharq tarafda Kuyi Orifon mavzesida ikki qavatli, pishiq g‘ishtdan bino bunyod etilgan va tadqiqotlar bu bino astronomik mohiyatga ega ekanligini tasdiqladi, keyinchalik u Chillaxona deb ataldi. Bu ob’yektda dastlab V. A. Levina-Bulatova[1] arxeologik tadqiqotlar olib borib, uning natijalarini 1960 yili “O‘zbekiston me’moriy merosi” to‘plamida “Zayniddin maqbarasi tarixi haqida” …

batafsil »

O‘zbekistonning bronza davri aholisi etnik tarkibi xususida ayrim mulohazalar

O‘zbek xalqining etnik tarixi shu hudud tarixi bilan bevosita bog‘liq. O‘zbek xalqi ajdodlari elat bo‘lib O‘rta Osiyoning Baqtriya, So‘g‘diyona, Shosh, Farg‘ona, Xorazm kabi tarixiy o‘lkalarida va shu o‘lkalarga tutash bo‘lgan hududlarda yashab kelgan. Bronza davrida O‘rta Osiyoda ko‘chmanchi chorvachilikka va o‘troq dehqonchilikka asoslangan madaniyatlar ahli yashashgan. Ushbu madaniyatlar aholisining etnik tarkibini o‘rganishga antropolog va arxeolog olimlar doimo qiziqish bilan yondashishgan. …

batafsil »

Toshkent me’moriy yodgorliklari tarixidan

Haqli ravishda “Sharq darvozasi” nomiga musharraf bo‘lgan Toshkent – nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahondagi qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, dunyo sivilizatsiyasi rivojiga o‘z munosib hissasini qo‘shgan. Shahar muhim savdo karvonlari kesishgan, Buyuk ipak yo‘li tarmog‘ida joylashgan edi. Bu o‘z navbatida shahar madaniy hayoti va rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Toshkent XIX asr boshlariga kelib Qo‘qon xonligi hududiga kiritilib, xonlikning asosiy shaharlaridan biri …

batafsil »

Toshkent g‘arblik diplomat nigohida

1865 yilda rus podshosi qo‘shinlari general M.G. Chernyayev boshchiligida Toshkent shahrini ishg‘ol qilganlaridan 8 yil o‘tgach, o‘lkada harbiy harakatlar olib borilayotgan bir davr – Qo‘qon va Xiva xonliklariga qarshi harakatlar kuchaygan pallada – Sankt-Peterburgdan O‘rta Osiyoga AQSHning Rossiyadagi bosh konsuli Yevgeniy Skayler[1] tashrif buyuradi. Ye. Skayler O‘rta Osiyo bilan avvaldan 1868 yildayoq qiziqib qolgan edi. O‘shanda u moskvalik savdogarlar bilan …

batafsil »

O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixining ba’zi bir nazariy va ilmiy-metodologik masalalari

Tarix fanidagi mavjud ilmiy ishlanmaga ko‘ra, har bir xalqning kelib chiqish tarixi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich – etnogenez, ikkinchi bosqich – etnik tarixdan iborat. Xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo‘lib shakllanguniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalq etnogenezi juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon. Uning ibtidosi qabila va qabila ittifoqidan boshlanadi. Qachonkim, aynan …

batafsil »

Архивные документы. Продажа земельных участков (до 1917 г.)

Из объявления: Продается земля мелкими участками, съ 4-хъ л. разсрочкой платежа. Все участки подъ фруктовымъ садомъ и обильны водой. За всеми справками обращаться къ доверенному В.К. Ржепецкаго Григорiю Емельяновичу Чубукину, Обуховская ул. № 20, отъ 7-ми до 11 ч. утра и отъ 3(1/2) до 7 час. вечера на месте продажи участковъ. Агентство «Узархив» (фонд И-961, 1-р, й 1235)

batafsil »

Xalq bilan yuzma-yuz muloqot (Toshkent shahar hokimligi hisoboti)

E’lon. Joriy yilning 28 iyun sanasi soat 20:00 da Toshkent shahar hokimi R.Usmonov va shahar mutasaddi rahbarlari bilan jonli efirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tashkillashtiriladi. «Poytaxtda xalq farovonligi yo‘lida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Hokimlik oldida yana qanday vazifalar turibdi? Poytaxt aholisini qanday muammolar qiynamoqda va ular qachon va qanday hal qilinadi? YAqin kelajakda shahar qanday qiyofa kasb etadi?» Shu kabi dolzarb savollarga …

batafsil »

Shosh – Toshkent vohasi aholisining etnik xususiyatlari (IX-XII asrlar)

Shosh (Toshkent) vohasi IX-XII asrlarda Movarounnahrdagina emas, balki musulmon olamida ham salohiyatli hisoblangan. Bu davrda Movarounnahrning iqtisodiy – ijtimoiy hayoti va aholi o‘rtasida sodir bo‘lgan etnik jarayonlar Sirdaryo sohillari va mazkur daryoning shimolidagi hududlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Chunki tarixiy manbalarda turli davrlarda Choch, Shosh va Toshkent deb nomlangan voha Movarounnahrning Buxoro, Samarqand, shuningdek Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini Yettisuv va …

batafsil »

Bo‘rijar (Bo‘rjar)

BO‘RIJAR (Bo‘rjar) – kanal, Bo‘zsuvning chap tarmog‘i. Oqtepa GES yuqorisidan boshlanadi. Uzunligi 5,4 km, suv sarfi 33 m3/s. Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari hududidan oqadi. Bobur, Muqimiy, CHo‘ponota, Farhod, Do‘mbir­obod ko‘chasi hamda Katta O‘zbekiston trakti, Toshkent – Samarqand temir yo‘lini kesib o‘tib, Salor kanaliga qu­yiladi. Kanalning o‘zani chuqur bo‘lib, qirg‘oqlari tik. Ba’zi joylarida qirg‘oq yonbag‘irlarining balandligi 20–25 m ga yetadi, quyi …

batafsil »

Ташкент – центр взаимодействия цивилизации запада и востока (или «Немцы в Ташкенте»)

В мире существует около 200 государств и столько же столиц. История каждого государства и его столицы уникальна и неповторима. Государства и города Центральной Азии, появившиеся еще в начале первого тысячелетия до новой эры, всегда отличались высокой культурой, полиэтничностью, религиозной терпимостью, впитавшей в себя в далеком прошлом влияние различных цивилизаций. Свидетелем того являются Самарканд, Бухара, Хива, Ташкент, роль которых особенно усиливается …

batafsil »

XVIII asr ikkinchi yarmi Toshkent tarixini o‘rganilishi xususida

Toshkent qadimdan Markaziy Osiyoning ichki va tashqi savdosida asosiy o‘rin tutuvchi yirik savdo hunarmandchilik markazlaridan biri bo‘lgan. Jumladan, Dashti Qipchoq hududida yashovchi ko‘chmanchi chorvador qabilalar Rossiya, Sharqiy Yevropa, Hindiston va Xitoy kabi yirik savdo markazlari bilan doimo aloqada bo‘lib kelgan. X-XI asrlarga oid arab manbalaridagi ma’lumotlariga ko‘ra Toshkent qadimdan katta shahar bo‘lib, uning bozorlari doimo xorijiy savdogarlar bilan to‘lib turgan. …

batafsil »