Sulton Mahmudxon (Xonikaxon)

SULTON MAHMUDXON (XONIKAXON) (? –1504) – Mo‘g‘ulis­ton xoni. Yunusxonning o‘g‘li. Boburning tog‘asi. 1487 yil otasi vafot etgach, taxtga o‘tqazilgan. Sulton Mahmudxonga qarshi chiqqan Umarshayx Mirzo va Sulton Ahmad Mirzo qo‘shini Toshkent yaqinidagi mustahkam Ashtar qal’asi yonidagi jangda mag‘lub bo‘lgan. 1488 yil Sulton Ahmad Mirzo qo‘shini ustidan Chir (Chirchiq) daryosi bo‘yida g‘alaba qozongan. Natijada Sulton Mahmudxonning obro‘si, kuch-qudrati oshgan. Mo‘g‘ulistonning sharqiy …

batafsil »

Xotinmasjid, O‘rozaliboy jome masjidi

XOTINMASJID, O‘rozaliboy jome masjidi – o‘tmishda Sebzor dahasining Xotinmasjid mahallasidagi masjid (1754). Toshkentning yirik va qadimiy masjidlaridan, noyob me’moriy yodgorlik bo‘lgan. «Tarixi jadidayi Toshkand» asariga ko‘ra, o‘tmishda bir ayol tomonidan qurilgani uchun shunday atalgan. 1858–59 yillarda Toshkentlik O‘rozaliboy tomonidan ta’mirlangach, uning nomi bilan ham atala boshlangan. Xotinmasjid Beklarbegi madrasasining sharqida, Eskijo‘va mavzeida joylashgan bo‘lib, uning qoshida bir hujra, maktab va …

batafsil »

Ташкент-2200. Эволюция Ташкента в контексте современной культуры

Узбекистан имеет уникальную культуру, которая на протяжении нескольких тысячелетий создавалась как часть Вселенной, где сосредоточилась возвышенная сфера деятельности его народа. И, конечно же, центрами ее сосредоточия являются его города. Большинство из них имеют тысячелетние истории, на протяжении которых сформировалась и развивается урбанистическая культура, включающая в себя множество факторов развития: политических, социально-экономических, общественных и коммуникативных. Но город – это еще место, …

batafsil »

Turkiy halqlarning kelib chiqishi va makoniga doir ba’zi mulohazalar

Turkiy xalqlarning etnogenezi tushunchasi xronologik, hududiy va ayrim etnoslarga bo‘linish dinamikasi nuqtai nazaridan bugun yaxlit ilmiy muammo holatidan kengroq ma’no kasb etmoqda. Binobarin, turkiy xalqlar tarixiy ildizlari tutash o‘nlab etnik tarmoqlardan tashkil topganki, ularning har biri alohida etnogenetik masalani tashkil qiladi. Lekin shunga qaramay muammoning qadimiy asoslari haqida gap ketganda, ilk mushtarak davrni chuqurroq tadqiq etish zarurati dolzarbligicha qolmoqda. Avvalo, …

batafsil »

O‘rta Osiyo etnogeografiyasidagi ba’zi-bir dolzarb muammolar

Antik va ilk o‘rta asrlarning boshlarida O‘rta Osiyo jumladan, O‘zbekiston Yevroosiyo materigida yuz bergan “xalqlarning buyuk ko‘chish” davrini chorrahasiga aylanadi. Bu yerda tarixiy yilnomalarda tilga olingan yirik qabilalar uyushmasining va ular bilan bog‘liq bo‘lgan xalqlarning sharqdan g‘arbga, janubiy-g‘arbga va janubga, shimoldan janubga va shimoliy-g‘arbdan janubiy-sharq tomon ko‘chishlari yuz bergan. Ulardan ba’zilari O‘rta Osiyohududlarida qolgan bo‘lsa, boshqalari yerli xalqlarning bir qismini …

batafsil »

Из истории зарождения кинодокументалистики в Ташкенте

В условиях возрастания общественного интереса к изучению отечественной истории большое внимание уделяется развитию архивного дела. Именно архивы – выступая хранилищем памяти человечества, имеют огромное значение в его духовном обогащении. Если до 40-х гг. ХХ века в государственных архивах республики хранились только письменные документы, то с развитием фотографии, кинематографии и звукозаписывающих средств, а также усилением исторического значения аудиовизуальных источников, появилась необходимость …

batafsil »

Chimboyliq xazinasi

CHIMBOYLIQ XAZINASI – jez davri buyumlari xazinasi (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-choragi). 1898 yil tadbirkor va fotograf N.S.Nikolai tomonidan Toshkentdan 50 km sharqda, Chirchiq dar­yosining o‘ng qirg‘og‘ida, Chimboyliq qishlog‘i yaqinidagi Avliyo Oqtosh mavzeida topilgan. Jez bolta, bigiz, pichoq (saqlangan uzunligi 12 sm) va og‘irligi 580 g keladigan jez yombidan iborat. Chirchiqqa quyiladigan soy yuvib ketgan qabrdagi dafn ashyolari bo‘lganligi taxmin …

batafsil »

Shoshlik muhaddislar. Abullays Nasr ibn Hasan ibn Qosim Shoshiy Tunkatiy

O‘rta asr islom mamlakatlari tarixi, madaniyati va jug‘rofiyasini o‘rganishda mashhur tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim Sam’oniyning «Ansob»asari muhim ahamiyat kasb etadi. Abu Sa’d Sam’oniy «Tunkatiy» deb, Shosh vohasidagi shaharlardan birining nisbatini keltiradi. Tunkat shahri Sirdaryo ortida joylashgan. Bu shahardan ko‘plab ilm ahllari yetishib chiqqan[1]. Xususan, Abullays Nasr ibn Hasan ibn Qosim ibn Fazl Tunkatiy Tunkat ahlidan bo‘lib, uni Abulfath deb ham …

batafsil »

O‘zbek xalqi etnik tarixini o‘rganishda xitoy manbalarining ahamiyati

O‘zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi)ni o‘rganish masalasi ko‘pdan beri olimlar e’tiborini jalb qilib kelmoqda va bu orada ancha ishlar ham qilindi. Ammo ushbu masalani mukammal holda yechish nihoyatda murakkab bo‘lmoqda. Bizning fikrimizcha, buning sababi, quyidagilardan iborat. 1) Hozirgi o‘zbek xalqi ko‘p komponentli bo‘lib, uning aksariyat qismi turkiy qabilalar va avlodlardan tashkil topgan. Buning isbotini o‘zbeklarning «92 urug‘» tarkibiga nazar tashlaganimizda …

batafsil »

Labzak arig‘i (Jangob)

LABZAK ARIG‘I, Jangob – Bo‘zsuv kanalining o‘ng tarmoqlaridan biri, shahar hududida sharqdan g‘arb yo‘nalishida oqadi, suvi Quyi Bo‘zsuv arig‘iga qo‘shiladi. Uzunligi taxminan 4 km. «Labzak» nomi «labi zax» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «zaxkash yer» ma’nosini anglatadi. Manbalarda shu nomli ariq 19-asrdan boshlab uchraydi. Xalq orasida «Jangob» degan nomi ham mashhur, bu nom qadimiyroqdir. Bu ariq 18-asrda shahar markazidan oqib o‘tgan. …

batafsil »

Toshkent shahri Shayx Zayniddin majmuasidagi chillaxonaning foydalanishi xususida

Toshkentning janubi-g‘arbida, Ko‘kcha arig‘i yonida, VI-XII asrlarda qo‘rg‘on bo‘lgan. O‘sha davrda undan sharq tarafda Kuyi Orifon mavzesida ikki qavatli, pishiq g‘ishtdan bino bunyod etilgan va tadqiqotlar bu bino astronomik mohiyatga ega ekanligini tasdiqladi, keyinchalik u Chillaxona deb ataldi. Bu ob’yektda dastlab V. A. Levina-Bulatova[1] arxeologik tadqiqotlar olib borib, uning natijalarini 1960 yili “O‘zbekiston me’moriy merosi” to‘plamida “Zayniddin maqbarasi tarixi haqida” …

batafsil »

O‘zbekistonning bronza davri aholisi etnik tarkibi xususida ayrim mulohazalar

O‘zbek xalqining etnik tarixi shu hudud tarixi bilan bevosita bog‘liq. O‘zbek xalqi ajdodlari elat bo‘lib O‘rta Osiyoning Baqtriya, So‘g‘diyona, Shosh, Farg‘ona, Xorazm kabi tarixiy o‘lkalarida va shu o‘lkalarga tutash bo‘lgan hududlarda yashab kelgan. Bronza davrida O‘rta Osiyoda ko‘chmanchi chorvachilikka va o‘troq dehqonchilikka asoslangan madaniyatlar ahli yashashgan. Ushbu madaniyatlar aholisining etnik tarkibini o‘rganishga antropolog va arxeolog olimlar doimo qiziqish bilan yondashishgan. …

batafsil »

Toshkent me’moriy yodgorliklari tarixidan

Haqli ravishda “Sharq darvozasi” nomiga musharraf bo‘lgan Toshkent – nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahondagi qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, dunyo sivilizatsiyasi rivojiga o‘z munosib hissasini qo‘shgan. Shahar muhim savdo karvonlari kesishgan, Buyuk ipak yo‘li tarmog‘ida joylashgan edi. Bu o‘z navbatida shahar madaniy hayoti va rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Toshkent XIX asr boshlariga kelib Qo‘qon xonligi hududiga kiritilib, xonlikning asosiy shaharlaridan biri …

batafsil »