Ma’rifat. Dangasalik sabablari

Tanballik va dangasalikni keltirib chiqaradigan bir necha sabab va omillar mavjud bo‘lib, ojizlik ham shular jumlasidan hisoblanadi. Nabiy (alayhissalom) marhamat qilib dedilar: «Kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan yaxshiroq va Allohga mahbubroqdir, lekin har ikkisida ham yaxshilik bor. Senga foydali bo‘lgan ishlarga haris bo‘lgin va (ishingda) Allohdan yordam so‘ragin, lekin hargiz ojizlanmagin!» (Imom Muslim, Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati). Ushbu hadisda …

batafsil »

Mavlid oyi. Rosululloh s.a.v.ning go‘zal xulqlari bilan xulqlanaylik

Rosululloh s.a.v.da barcha yaxshi sifat va go‘zal axloqlar jamlangan edi. Shuning uchun u zot s.a.v. insonlar uchun namuna bo‘lishga eng haqli edilar. Alloh taolo payg‘ambarimiz s.a.v.ni barcha musulmonlarga namuna qilib yuborgan. Bu haqida Alloh taolo o‘zining kalomi Qur’oni karimning “Ahzob” surasi 21-oyatida bunday e’lon qilgan: “(Ey, iymon keltirganlar) sizlar uchun Alloh va oxirat kunidan umidvor bo‘lgan hamda Allohni ko‘p yod …

batafsil »

Toshkent shahridagi zamonaviy binolarning arxitekturaviy-badiiy obrazi

Bugungi kunda yurtimizda yangi qurilayotgan ayrim binolarda milliylik ruhi sezilarli darajada namoyon etilgan. Binolarda ishlatilayotgan milliy ornamentlar va ularning zamonaviy ko‘rinishdagi talqini diqqatimizni o‘ziga jalb etadi. Shuni ta’kidlash lozimki, binoda xoh u tarzda bo‘lsin, xoh interyerda, an’anaviy dekorativ grafika elementlarining zamonaviy qiyofadagi ko‘rinishi binolarimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi (Qodirova,2004). Bunday binolarimiz qatoriga yangi qurilgan Xalqaro forumlar saroyi, Yoshlar ijod markazi, …

batafsil »

Laylakqo‘ndi (Laylakli) masjidi

Laylakqo‘ndi (Laylakli) masjidi, Oxunguzar-1 masjidi (Zarqaynar ko‘chasi boshi) – Toshkentning Eski shahar mavzeidagi me’moriy yodgorlik (1775). Bozorga yaqin bo‘lganligi uchun nafaqat masjid, balki karvonsaroy vazifasini ham o‘tagan. Masjid poydevori pishiq g‘ishtdan 1,5–1,75 m qalinlikda tiklangan. Devorlarining qalinligi 1 m ni, tashqi devorlar balandligi 5,8 m ni tashkil qiladi. Ta’mirlash-tiklash ishlari jarayonida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida 17–19-asrlarga oid sopol buyumlar – …

batafsil »

O‘zbekiston rahbarlari (rahbar sifatida tanilgan insonlar)

Fayzulla Ubaydullayevich Xo‘jayev (1896-1938) – Inqilobiy qo‘mita raisi (1924-1925), Xalq komissarlari soveti raisi (1925-1937) [Председатель ревкома(1924-1925), Председатель Совета Народных Комиссаров (1925-1937)]       Akmal Ikromovich Ikromov (1898-1938) – O‘zbekiston KPMQ Birinchi kotibi (1929-1937) [Первый секретарь ЦК КП Узбекистана]         Yo‘ldosh Oxunboboyevich Oxunboboyev (1885-1943) – Markaziy ijroqo‘m raisi (1925-1938), Oliy sovet prezidiumi raisi (1938-1943) [Председатель Центрального Исполнительного …

batafsil »

Xalqqa o‘ziga munosib rahbar ravo ko‘riladi

Qadimda bir yurt podshohi saroyda katta hovuz qazdirib, uni qo‘l ostidagi barcha xalqdan har bir oila zimmasiga bir chelakdan sut quyishlikni buyuribdi. Xalqning ko‘ngliga bir fikr kelibdi: «Hozir men saroyga olib boradigan bir chelak sutim bilan hovuzdagi sut ko‘payib qolarmidi, uning o‘rniga chelakni suv bilan to‘ldirib kechasi tunda olib boraman va meni chelagimdagi suvimni qorong‘uda soqchilar tekshirib o‘tirmay o‘tkazib yuboradi», …

batafsil »

Afrosiyob ko‘chasi avtomobillar harakatlanishi uchun ochildi

Toshkentda Sharof Rashidov va Byoshyog‘och ko‘chalari o‘rtasidagi yo‘l qismida joylashgan Afrosiyob ko‘chasida avtotransport qatnovi ochildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri. Oqsaroy qarorgohi oldidan o‘tuvchi ko‘chadan ikki yo‘nalishda avtomobillar erkin harakatlanmoqda.

batafsil »

Tarbiya. Erlar hamiyatli bo‘lsin

Bismillahir rohmanir rohiym  “Er shiddatli bo‘lsa, ayol uyatli bo‘ladi”  (Xalq maqoli). Bir kuni qabulimga bir yigit hayajon bilan kirib kelib, mulohazali mavzuni ko‘tarib qoldi. U: “Qori aka, jum’a ma’ruzalarida qizlarning tarbiyasi to‘g‘risida ko‘proq gapirmasangiz bo‘lmaydi…”, deb o‘z e’tirozini bildirdi. Uning bu so‘zida yaqin vaqt ichida qandaydir hodisa ro‘y bergani va qattiq ta’sir qilgani sezilib turardi. Undan: «Nima bo‘ldi?» deb so‘radim. …

batafsil »

Ma’rifat. Mehnat – rohat…

Bu dunyo sinov dunyosi, unda hamma narsa mehnat, mashaqqatga bog‘liq. Kim mehnat qilsa, rohat ko‘radi. Kim dangasalikka o‘rganib, muntazam ravishda rohatga mayl qilsa, rohatdan mahrum bo‘ladi yoki unga aslo erisholmaydi. Shuning uchun ham donolar: «Agar charchashni xohlamasang, charchagin!» deyishgan. Ya’ni «Mashaqqatlardan qutulib, rohatga erishmoqchi bo‘lsang, avval mashaqqat bilan mehnat qil, undan keyin chekkan mashaqqatlaring evaziga umr bo‘yi rohatda yashaysan», deganidir …

batafsil »

Halollikda o‘rnak bo‘la oladigan yoshlarimiz hayotidan ikki voqea

Bismillahir rohmanir rohiym Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salovotu durudlarimiz bo‘lsin. Hozirgi kunimizda dinimiz ko‘rsatmalariga amal qilish amri mahol, taqvo va parhezkorlikni, hossatan birovlarning haqqidan qo‘rqmoqlik ko‘pchilik uchun go‘yoki amalga oshmaydigan xom xayoldan o‘zga narsa emas. To‘g‘ri, Islom tarixini o‘rgansak, o‘tgan ulug‘larimizning har biri yuqorida zikri o‘tgan fazilatlarni o‘zida mujassam qilish borasida …

batafsil »

Vatanimiz bayrog‘i

«O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi oliy kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh ko‘kda falakning bayrog‘i bo‘lib porlab turibdi, ko‘ngilda muhabbat bayrog‘i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog‘i nurlantiradi. Ozod va obod Vatanimiz — O‘zbekistonning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir. …

batafsil »

Nikoh marosimiga tegishli bid’at-xurofotlar (yohud g‘arbdan kirib kelayotgan urf-odatlarga ko‘r-ko‘rona taqlidning salbiy natijasi)

Bismillahir rohmanir rohiym Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salovotu durudlarimiz bo‘lsin. Juft-juft bo‘lib istiqomat qilishimiz uchun erkak va ayol qilib yaratgan Alloh taologa hamdu sanolar, shar’iy yo‘l bilan oila qurib, hamjihatlikda yashashimiz uchun Alloh taolo tomonidan nozil qilingan hukmlarni bekamu ko‘st yetkazgan ikki olam sarvari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovotu salomlar bo‘lsin. Xalqimiz …

batafsil »