Muhiddinxo‘ja qozi (tarixiy hujjatlar asosida)

Muhammad Hakimxo‘ja eshon vafotidan keyin qozi kalonlik mansabini u kishining o‘g‘illari Muhiddinxo‘ja egalladi. Bu lavozimda u otasiga nisbatan boshqacha sharoitda, mustamlakachilar o‘lkada ildiz otib, xalq hayotida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berayogan vaziyatda faoliyat ko‘rsatdi. Uning davrida Turkistonda matbuot-nashriyot ishlari yo‘lga qo‘yildi. Bir necha ilmiy-madaniy muassasalar ish yuritdi, yangi zamon fan-texnikasini, rus tili, adabiyoti va san’atini o‘rganishni targ‘ib etuvchi yangicha ma’rifatparvarlik yo‘li …

batafsil »

Облик Ташкента XIX века (взгляд приезжего)

Процесс накопления научных знаний длителен, сложен и подчас противоречив. Свой вклад в него, наряду с учеными, внесли торговые люди, путешественники, писатели, художники, оставившие путевые очерки, заметки, рисунки. И хотя сведения, донесенные до нас этими источниками, не всегда равнозначны, зачастую имеют неточности, требуют внимательного и критического прочтения, но без них невозможно воссоздать реальную картину эпохи, окунуться в атмосферу прошедшей жизни, ощутить …

batafsil »

XIX asr birinchi yarmida Toshkentning ma’muriy-boshqaruv tizimi

XVIII asrning ikkinchi yarmida Yunusxo‘ja (1784-1803) tomonidan Toshkentda to‘rt hokimlik tugatilib, kuchli ichki va tashqi siyosat o‘rnatilishga erishilgan bo‘lsada, lekin bu mustaqil boshqaruv uzoq davom etmadi. XVIII asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida vujudga kelgan Qo‘qon xonligi o‘z hududini kengaytirishga urinib kelayotgan edi. Qo‘qon xonligi hukmdorlari uchun Toshkentni xonlik tarkibiga kiritish davlatning tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega edi. Shu sababli …

batafsil »

Shoshlik muhaddislar. Abu Bakr Umar ibn Abdurahim Shoshiy

Shoshlik muhaddislar orasida tasavvufda ham shuhrat qozonib, «shayx», «solih sufiy» kabi darajalarga erishgan olimlar ham mavjud. Ana shundaylardan biri Abu Bakr Umar ibn Abdurahim Shoshiy bo‘lib, u tax. 450/1058 yilda tug‘ilib, 518/1124 yilda vafot etgan. U shayx, solih sufiy va muhaddis[1]. Abu Bakr Umar ibn Abdurahim Shoshiy Imom Abulmuzaffar Sam’oniy, Abulqosim Hibatulloh ibn Abdulvoris Sheroziy Hofiz, Abu Sa’d Muhammad ibn …

batafsil »

Said Ahmad

SAID AHMAD (taxallusi; asl ism-sharifi Husanxo‘jayev Said­ahmad) (1920.10.6–2007.5.12) – O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O‘zbekiston Qahramoni (1999). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkentda tug‘ilgan. Tasviriy san’at bilim yurtida, Toshkent pedagogika institutida o‘qigan (1940–43). «Mushtum» jurnali (1938–38; 1955–57), O‘zbekiston radioqo‘mitasi (1941–43)da, «Qizil O‘zbekiston» gazetasi (1943–47) va «Sharq yulduzi» (1948–50; 1957–59) jurnalida adabiy xodim. «Er yurak» (1942), «Farg‘ona hikoyalari» (1948), «CHo‘l burguti» …

batafsil »

XIX asr oxiri XX asr boshlarida O‘zbekiston etnomadaniy muhitida qang‘lilar (Nurota vohasi materiallari asosida)

Ma’lumki o‘zbek halqi etnogenezi va etnik tarixi murakkab tarixiy jarayonlar davrida kechgan bo‘lib, bu murakkab tarixiy jarayonlar o‘zbek xalqi etnik tarixiga ta’sir etmasdan qolmagan. Ana shunday o‘zaro munosabatlarda faol qatnashgan o‘zbek xalqi etnik komponentlaridan biri qang‘lilar hisoblanadi. Qadimdan ikki daryo oralig‘i va unga tutash hududlarda yashab kelgan qang‘lilarning o‘zbek halqi tarkibiga kirgan ko‘pgina katta-kichik etnik guruhlari so‘g‘diy zabon aholi bilan …

batafsil »

Ma’rifatparvarlar. Sattorxon Abdug‘afforov

SATTORXON Abdug‘afforov (1843–1901) – ma’rifatparvar, tarixchi. Yirik ulamo (mudarris) oilasida tug‘ilgan. Toshkentdagi Shukurxon madrasasini tugatgan (1862). Arab, fors tillarini yaxshi bilgan, rus tilini o‘rgangan. 1864 yilgacha Chimkent shahar muftiysi, 1873–76 yillarda Chimkent­dagi birinchi rus-tuzem maktabi o‘qituvchisi. 1876–81 yillar Qo‘qon shahar qozisi. Sattorxon qozilik lavozimidan targ‘ib etish yo‘lida foydalangan, natijada ruhoniylar tomonidan qattiq tazyiqqa duch kelgan. 1883 yil «Turkiston viloyati gazeti»ga …

batafsil »

Mahmud Usmonov (ganchkor usta)

USMONOV Mahmud (1910–1997.1.7) – ganchkor usta, O‘zbekiston Badimiy akademiyasi akademigi (1997), O‘zbekiston xalq rassomi (1977). Toshkentda tug‘ilgan. Hunarni otasi usta Usmon Ikromovdan, keyinchalik Usta Shirin Murodovdan o‘rgangan. Mahmud Usmonov Toshkent ganchkorligi san’ati an’an’alarini rivojlantirdi, uni yangi mazmun bilan boyitdi; islomiy va girih naqshlarni mahorat bilan qo‘llab jozibador naqsh mujassamotlarini yaratdi; u ishlagan naqsh­lar nafis, aniq va lo‘nda, o‘ymalari mukammalligi bilan …

batafsil »

Toshkent haqida nimalarni bilasiz?

Miloddan avvalgi ikkinchi asrda qadimiy Xitoy qo‘lyozmalarida shahar haqidagi ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi, turli manbalarda «Shi», «Choch», «Shosh», «Shoshkent», «Binkat», «Tarkan» deb tilga olindi. Miloddan avvalgi 175-140 yillar. Shosh, Xorazm, Sug‘diyonani o‘z ichiga olgan Qang‘ davlati gullab-yashnadi. Milodiy 712-713 yillar (hijriy 95). Qutayba ibn Muslim boshliq Islom qo‘shinlari Shoshni fath etishdi. 819/820 – 855/856 yillar. Shosh Somoniylar sulolasi hukmronligi ostida …

batafsil »

Muhammad Hakimxo‘ja qozi kalon (tarixiy hujjatlar asosida)

Aziz Toshkandimizni o‘rus bosqinchilari bemisl shafqatsizligu qonxo‘rlik bilan bosib olgan 1865 yili iyun oyida bu shahri azimning qozi kaloni Muhammad Hakimxo‘ja Norxo‘ja eshon o‘g‘illari edi. Sovet davri tarix ilmi mustamlakachilik kayfiyatiga va kommunistik mafkuraga uyg‘un ravishda bu inson sha’nini ham bulg‘ab, shu yo‘l bilan xalqning ko‘zida ulug‘larini obro‘sizlantirish, millatning o‘ziga ishonchini sindirish, g‘ururini poymol etish, o‘z qahramonlaridan ayirib boshqalarni qahramon …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Qashqar (Qoshg‘ar)

QASHQAR, Qoshg‘ar – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Turk, Ila, Tojik mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Bir chekkasi Yangi shaharga tutashgan. Qariyb 130 xonadon yashagan. Aholisi 1830-yillarda Qo‘qon xoni tomonidan, asosan, Qash­qardan ko‘chirib keltirilgan qash­qarliklar (nomi shundan), bir qismi o‘zbeklar bo‘lgan; savdo-sotiq, shahar tash­qarisidagi yerlari (Oqqo‘rg‘on, Bo‘z, Yalang‘och va boshqa mavzelar)da deh­qonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Qashqarda 4 ta karvonsaroy, bozor, masjid, …

batafsil »

Динамика состава населения города Ташкента в первой четверти ХХ века

Город Ташкент является одним из древнейших городов Центральноазиатского региона, многовековая история которого была насыщена многообразными и часто трагическими для его населения событиями. Именно такие события были характерны для периода конца ХIХ – первой четверти ХХ вв., в течение которого жителям города пришлось пережить завоевание Российской империей, усиленную миграцию европейцев, первую мировую войну, восстание 1916 г., октябрьский переворот 1917 г. и …

batafsil »

O‘zbek xalqi etnogenezini o‘rganishda etnonimlarning roli

Har qanday etnonimning o‘z ma’nosi bor. Ko‘pgina etnonimlar juda qadimiy so‘zlar bo‘lganidan xalqlar etnogenezini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.. Odatda xalqlar, shuningdek qabilalar, yirik urug‘larning nomlari qadimiy bo‘ladi. Masalan, o‘zbek, qirg‘iz, qozoq kabi millat nomlari, qo‘ng‘irot, mitan, qangli, uyshun, qorluq, xalaj kabi urug‘qabila nomlari haqida bir qancha fikrlar bildirilgan, lekin bu etnonimlarning etimologiyalari uzil-kesil hal qilingan emas. Ba’zan adabiyotlarda uchraydigan o‘zbek …

batafsil »