Toshkentni poytaxt deb e’lon qilinishi haqida

1930 yil 17 avgustda O‘zbekiston Respublikasining poytaxti Samarqand shahridan Toshkent shahriga ko‘chirilgan. Quyida o‘sha davrda yuqoridagi masala bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma. Qaror lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilgan, lekin hozirgi alifbodan ancha farq qiladi: rus tilida: «O‘zarxiv» agentligi fondlaridan batafsil »

Toshkent politsiyasi

POLITSIYA – shahar va qishloq joylarda tartibni nazorat qilib turish uchun 18-asrda chor Rossiyasida tuzilgan ichki qo‘shin turi. Toshkentda 1887 yilgacha Politsiyachi vazifasini garnizon soldatlari bajargan. 1887 yildan shahar Politsiyasi shahar boshlig‘iga bo‘ysungan. Politsiyani politsmeyster boshqargan; unga mirshablar, adres stoli, Politsiya arxivi, vrachlik-politsiya komiteti ham bo‘ysungan. Toshkent 2 ta Politsiya boshqarmasiga bo‘lingan: biri Toshkentning Yangi shahar qismida, ikkinchisi Eski shahar ... batafsil »

Toshkent masjidlari. “Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi

Masjid 1991-yilda mahalla fuqarolari tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan. Masjid binosi “Terakli ota” qabristoniga tutashgan. O‘zbekiston musulmonlari idorasining tavsiyasiga binoan masjidga islom olamidagi buyuk sahobiy “Abdulloh ibn Mas’ud”(r.a.) nomi berilgan. Abdulloh ibn Mas’ud Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xonadonlarida o‘sib-ulg‘aydi. U kishidan ta’sirlandi, o‘rnak oldi, har bir xislatlarida ergashdi. Abdulloh haqida ko‘plar “Xulq-atvor jihatidan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga eng ... batafsil »

Tudun

TUDUN (xitoy manbalarida – Tutun) – Chochni idora etgan turkiy hokimlar unvoni (7–8-asrlar). 7-asr boshida Turk xoqonligi o‘z tasarrufidagi shaharlarga xoqon nomidan noiblar tayinlashga kirishgan. Chunonchi, xitoy manbalariga ko‘ra, 605 yil turk xoqoni Sheguyxon Choch taxtiga Tyan-chji (Fu-chji)ni te-le (Tegin) unvoni bilan o‘tqazgan, u Chochni 620 yilgacha idora etgan. Manbalarda 641 yil turk xoqoni Choch tudunini qo‘shin bilan o‘z dushmanlariga ... batafsil »

Sibirga Islom dini yoyilishiga doir

“Myuzeum-studiya” ilmiy tekshirish markazi direktori, o‘lkashunos olim Rishat Rahimov Sibir tarixini o‘rganish maqsadida ming­lab kilometr masofani bosib o‘tdi. U Islom dinini bundan sakkiz asr oldin bir guruh olimlar yoyishganini isbotladi. Shu paytgacha tarixchilar Sibirga Islom dinini 1394-95 yillari Ba­houddin Naqshband shogirdlari yoyishgan deb hisoblashardi. Ushbu fikrni Qozon universiteti turk-tatarshunoslik kafedrasi professori Nikolay Katanov ilgari surgan edi. U Tobol muzeyida saqlanadigan ... batafsil »

Toshkent qamali (1852)

TOSHKENT QAMALI (1852) – Toshkent hokimi Normuhammad qushbegining Musulmonqul mingboshi siyosatiga qarshi bosh ko‘tarib, Toshkentni Qo‘qondan mustaqil deb e’lon qilishi sabab bo‘lgan. Musulmonqul 1852 yil bahorda yosh Xudoyorxon hamrohligida Toshkentga yurish boshlagan, 7 martda 40 ming kishilik qo‘shin bilan Toshkentga yetib kelgan. Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, Chirchiqdan o‘tgan qo‘shin Niyozbek qal’asiga hujum boshlagan, lekin qal’ani egallay olmagan Musulmonqul uning ro‘parasida Tanaso‘ydi ... batafsil »

Торговые трассы Мавераннахра в системе Великого шелкового пути. Кызылкум

При движении в северные владения использовалась дорога, служившая традиционной трассой передвижения кочевников. Она начиналась из долины Нураты, крупного пункта предгорий в северной Бухаре, и далее шла в пустыню Кызылкумы. Переходы здесь часто были двойные. В 60 км от Нураты, то есть в двойном переходе, зафиксировано поселение Лявлякантепе. Это специальная крепость прямоугольной формы, окруженная стеной с башнями по углам. В центре ... batafsil »

Tarix instituti

TARIX INSTITUTI (2009 yilgacha, hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix instituti), O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti (Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 9) – 1943 yil O‘zbekiston FAning Til, adabiyot va tarix instituti negizida Toshkent shahrida tashkil etilgan (1970 yilgacha Tarix va arxeologiya instituti). Institut ilmiy tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari: o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi; o‘zbeklar etnogenezi, etnik tarixi va ... batafsil »