Bosh sahifa » Ta'lim muassasalari » Mahmud dasturxonchi madrasasi (1833)

Mahmud dasturxonchi madrasasi (1833)

MAHMUD DASTURXONCHI MADRASASI (1833) – Toshkentdagi Degrez mahallasida joylashgan madrasa. Mahmud dasturxonchi (to‘liq ismi Mahmud Bobo dasturxonchi Hasanjon o‘g‘li) Qo‘qon xoni Muhammad Alixonning vaziri va Lashkar beklarbegining yaqin do‘sti bo‘lgan. Uning nomida 2 ta madrasa bo‘lgan, biri – Toshkentda – Sebzor dahasining YUqori Degrez mahallasida, ikkinchisi – Qo‘qonda. Toshkentdagi Mahmud dasturxonchi madrasasi, vaqfnoma shartiga ko‘ra, Qo‘qondagi madrasa bilan birga Mahmud dasturxonchi avlodlari tomonidan boshqarilgan. Madrasada 25 hujra, masjid va hovlisida hovuzi bo‘lgan. Madrasaning shifti va devori yog‘ochdan ishlangan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Turkiston xalq universiteti

Post Views: 55 TURKISTON XALQ UNIVERSITETI – Markaziy Osiyoda rus oliy ta’limiga asos bo‘lgan ilk …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan