Bosh sahifa » Masjidlar » Laylakqo‘ndi (Laylakli) masjidi

Laylakqo‘ndi (Laylakli) masjidi

Laylakqo‘ndi (Laylakli) masjidi, Oxunguzar-1 masjidi (Zarqaynar ko‘chasi boshi) – Toshkentning Eski shahar mavzeidagi me’moriy yodgorlik (1775). Bozorga yaqin bo‘lganligi uchun nafaqat masjid, balki karvonsaroy vazifasini ham o‘tagan.

www.qadamjo.uz saytidan olingan surat
“Laylakqo‘ndi (Laylakli)” masjidi

Masjid poydevori pishiq g‘ishtdan 1,5–1,75 m qalinlikda tiklangan. Devorlarining qalinligi 1 m ni, tashqi devorlar balandligi 5,8 m ni tashkil qiladi. Ta’mirlash-tiklash ishlari jarayonida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida 17–19-asrlarga oid sopol buyumlar – naqshinkor kosa, lagan parchalari, uzunligi 36,5 sm, ichki diametri o‘lchamlari 12,5 va 15 sm bo‘lgan suv o‘tkazish quvuri topildi. SHo‘rolar davrida Laylakqo‘ndi masjididan jamg‘arma kassa va omborxona sifatida foydalanilgan. Old tomonini to‘sib turish maqsadida xo‘jalik mollari do‘koni qurilgan. 2005 yil iyun–sentyabr oylarida masjid binosi qayta tiklangan. Uning yoniga 8 ustunli o‘ymakor yog‘och ayvon qurildi, atrofi obodonlashtirildi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Xotinmasjid, O‘rozaliboy jome masjidi

Post Views: 182 XOTINMASJID, O‘rozaliboy jome masjidi – o‘tmishda Sebzor dahasining Xotinmasjid mahallasidagi masjid (1754). …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan