Bosh sahifa » Kutubxona » Kutubxonalar. Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat universal ilmiy kutubxonasi

Kutubxonalar. Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat universal ilmiy kutubxonasi

Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1973 yilning dekabr oyida Jizzax shahar markaziy kutubxonasining ikkinchi tarmoq kutubxonasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, 1974 yilning 2 sentyabrida ish boshlagan. O‘sha davrda kutubxona Jizzax viloyat ommaviy kutubxonasi deb nomlangan.

Dastlab kutubxona fondi 12 ming 200 nusxadagi adabiyot lardan iborat bo‘lgan.

1993 yilda kutubxonaga Sharof Rashidov nomi berilgan.

Hozirgi kunda kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash, Adabiyotlarga ishlov berish va kataloglashtirish, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Oilaviy o‘qish, Ilmiy metodik, Ma’lumot-bibliografiya bo‘limlari va Ma’naviyat, San’at va Qishloqxo‘jaligi sho‘’balari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2001 yildan kutubxona qoshida Huquqiy axborot markazi faoliyat boshlagan. Markazda huquqshunos va menejer viloyat aholisiga yuridik maslahatlar berib kelmoqda.

Kutubxona fondida hozirgi kunda 94.4 ming nusxadan ortiq adabiyotlar saqlanmoqda.

Kutubxona viloyatdagi 264 ta ommaviy kutubxonalarga metodik rahbarlik qiladi.

Manzili: 708014, Jizzax shahri, X. Nosirov ko‘chasi,12-uy

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI

Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

O‘xshash maqola

Kutubxonalar. A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxonasi

Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1911 yilda tashkil etilgan. O‘sha davrda kutubxona shahar kutubxonasi deb …

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan