Bosh sahifa » Kutubxona » Kutubxonalar. Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat universal ilmiy kutubxonasi

Kutubxonalar. Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat universal ilmiy kutubxonasi

Sirdaryo viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1964 yilning sentyabr oyida Guliston tumani Nekrasov nomli kutubxona negizida tashkil etilgan.

Dastlab kutubxona fondi 21 ming nusxadan iborat bo‘lgan.

1987 yilning 5 noyabrida 400 ming nusxa kitobga mo‘ljallangan zamonaviy bino qurilib, foydalanishga topshirilgan. Kutubxonaga esa Alisher Navoiy nomi berilgan.

Kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash, Adabiyotlarga ishlov berish va kataloglashtirish, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy-metodik, Bibliografiya, O‘smirlar bo‘limlari va Shahar abonementi, San’at va musiqa-nota adabiyotlari, Qishloq xo‘jaligi, Texnika adabiyotlari sho‘’balari mavjud.

Kitobxonlarga Umumiy o‘quv kiroatxonasi, Vaqtli nashrlar qiroatxonasi va Milliy adabiyotlar qiroatxonasida xizmat ko‘rsatiladi.

Hozirgi kunda kutubxonada 200 ming nusxadan ortiq adabiyotlar saqlanadi.

Kutubxona viloyatdagi 197 ta ommaviy kutubxonalarga metodik rahbarlik qiladi.

Manzili: 707000, Guliston shahri, O‘zbekiston ko‘chasi

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI

Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

O‘xshash maqola

Kutubxonalar. Namangan viloyat bolalar kutubxonasi

Namangan viloyat bolalar kutubxonasi 1933 yilning 3 dekabrida tashkil etilgan. Kutubxonaning tashkilotchisi va mudiri A.S.Nikochenko …

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan