Bosh sahifa » Toshkent tarixi » Eski Toshkent

Eski Toshkent

ESKI TOSHKENT (Yuqori Toshkent) – qadimda Shosh viloyatiga qarashli shahar nomi. Toshkent viloyatining g‘arbida, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, hozirgi Chinoz va No‘g‘ayqo‘rg‘on oralig‘ida, «Paxta» temir yo‘li bekatida, Chirchiq bo‘yidagi baland tekislikda joylashgan. Qadimda «Isko Toshkand» deb atalgan («Isko» sug‘dcha – «yuqori»), rus muarrixi P.I.Pashinoning yozishicha, qadimiy shahar o‘rnida bitta ko‘cha bo‘lib, u Qayumars deb atalgan. Chorizm istilosidan keyin Eski Toshkent hududi Chinoz tumani tarkibiga kiritilgan.

SHUTURKET, Ushturkat – Chochdagi qadimiy shaharlardan biri. Parak (Chirchiq) daryosi kechuvida, Buyuk ipak yo‘lida bunyod etilgan. Arab geograflari asarlarida (10-asr) Shuturket yirik, yaxshi mustahkamlangan «chiroyli timlari – yopiq bozorlari bo‘lgan» shahar sifatida qayd etilgan. Choch davlatida u kattaligi jihatidan Binkat va Xarashkat (Qanqa)dan so‘ng uchinchi mavqyeni egallagan. Shuturket xarobalari Chirchiq daryosining o‘ng sohilida, Toshkentdan 50 km g‘arbda Eski Toshkent nomi bilan saqlangan. 1900 yil V.V.Bartold uni Shuturket xarobasi ekanligini aniqlagan. G.V.Grigoryev (1934) tadqiq etgan. Rivoyatlarga ko‘ra bu joy Choch poytaxti va qadimgi bahodir Tosh qarorgohi bo‘lgan. Shaharning bunyod etilgan aniq vaqti noma’lum. Hozirgi Shuturket xarobalari Chirchiq suvi yuvib ketishi oqibatida ancha vayron bo‘lgan. Faqat 10–13-asr boshlariga oid o‘rta asr kvartallari saqlanib qolgan. Shuturketdan sirlangan sopol idishlar, ko‘plab shisha buyumlar topilgan. Shaharda hayot 13-asr boshida mo‘g‘ullar istilosi natijasida barham topgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Динамика состава населения города Ташкента в первой четверти ХХ века

Город Ташкент является одним из древнейших городов Центральноазиатского региона, многовековая история которого была насыщена многообразными …

5 Mulohazalar

  1. «Eski Toshkent»dagi «eski» aslida «Isko» (sug‘dcha – «yuqori») so’zidan kelib chiqqan bo’lishi ham mumkin

    • شمس الدین ایلدگیز

      Man qadimgi torix kitoblarining hich qaysisida «Isko Toshkent» so’zing go’rmapdir man. Shu iboraning manbasi qaysi torikh kitobi?

      • Сиз айтган масаланинг жавобини топа олмадим, изланиш натижалари бўйича яна ёзиб юбораман

  2. Ассалому Алейкум АДМИН.
    Мен Куйлик марказида Табибий кучасида яшиман. Лекин Куйлик Ота ва А.А.Табибий хакида деярли хеч кандай малумотга эга эмасман.илтимос иложи болса ердам беринг.РАХМАТ.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan