Bosh sahifa » Toshkent mahallalari

Toshkent mahallalari

Qadimiy mahallalar. Sho‘rtepa

SHO‘RTEPA – Shayxontohur dahasidagi qadimiy mahalla. Degrez, Tikanlimozor, Hadra, Balandmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 200 dan oshiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, pilla chuvish, bog‘dorchilik, savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Sho‘rtepada 2 masjid, hovuz, 2 tegirmon, 2 objuvoz, 10 savdo do‘koni, 2 qabriston bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi Sho‘rtepa hududida savdo shoxobchalari joylashgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil batafsil »

Qadimgi mahallalar. Badrboy

«BADRBOY» – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. «Sorchabon», «Mirzag‘ozi», «Temirchi», «Chuqurko‘prik» mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik qilishgan, hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Masjid, temirchilik ustaxonasi, baqqollik do‘konlari, juvozxona, 3 tegirmon, choyxona bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududida turar joy massivi qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil batafsil »

Qadimgi mahallalar. Gulbozor

GULBOZOR – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Hadra va Sebzor dahasining Qoshiqchilik mahallalari bilan, Shayxontohur ko‘chasi va Chorsu bozori bilan chegaradosh bo‘lgan. Gulbozorda 200 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik (tunukasozlik, bo‘z to‘qish va h.k.), dehqonchilik (mahalla aholisining dehqonchilik yerlari va bog‘lari Nazarbek, Qorasuv, CHo‘ponota mavzelarida bo‘lgan), savdo bilan shug‘ullangan. Uchta masjid, bir necha rasta, 2 qavatli mehmonxona, do‘konlar ... batafsil »

Allon mahallasi

ALLON MAHALLASI (Forobiy ko‘chasi, 278) – Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumanidagi mahalla. «Chimboy», «Chig‘atoy darvoza», Alisher Navoiy, «Beruniy maydoni» va «Universitet» mahallalari bilan chegaradosh. 1931 yil tashkil qilingan. «Allon» so‘zi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» va Navoiy asarlarida «Olong» (tepalik, past-balandlik ma’nosida) shaklida uchraydi. Darhaqiqat, «Allon» Binkat atrofida, shahar devoriga yaqin joydagi tepalik yerda vujudga kelgan. Aholisi 3646 kishi (2009). ... batafsil »

Qadimiy mahallalar. Bodak

BODAK – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Ganchtepa, Orqako‘cha, Olmazor, Turk-Yangishahar mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, qishda qisman hunarmandchilik bilan, yoz mavsumida shahar tashqarisida – Do‘rmon va Yalang‘ochda dehqonchilik, bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan batafsil »

Махалля Кох-ота в городе Ташкенте

Большая часть информации о махалле «Кох-ота» (участок №1), в основном, была получена в ходе натурных исследований на данной территории, т.е. при опросе жильцов махалли, визуальном наблюдении, а также при работе с картами XIX нач. XX вв.. Когда легенды отражают реальность Махалля «Кох-ота» получила свое название от мавзолея «Кох-ота» XIV века расположенного на ее территории, у канала Калькауз batafsil »

Xonaqoh

XONAQOH – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Tikanlik mozor, Murod, Ko‘kmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 300 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, baqqollik va dehqonchilik (shahar tashqarisidagi dalalarida) bilan shug‘ullangan. Choyxona, temirchilik ustaxonalari, misgarlik ustaxonasi, baqqollik do‘konlari, masjid bo‘lgan (20-asr boshi) batafsil »

Kaduvod

KADUVOD, K a d i o b o d – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. «Qumloq», «Fishtko‘prik», «Oxunguzar», «Chuvalachi», «Chigitboshi» mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Quyi va YUqori Kaduvodga bo‘lingan. 300 dan ortiq xonadon bo‘lgan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, baqqolchilik, kosibchilik, shahar tashqarisidagi yerlarida (Hasanboy, Chuqursoy) dehqonchilik bilan shug‘ullangan batafsil »

Tojik mahalla

TOJIK MAHALLA – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Turkyangishahar va Qashqar mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. O‘rda atrofida qo‘qonlik askarlar qarorgohi joylashgan. Askarlar asosan, tog‘lik, Qorategin, Darvozdan olingan tojiklar bo‘lgan. Mahalla sharqdan Toshkentning Yangi shahar qismiga tutash bo‘lgan. 3 qismga bo‘lingan. Aholisi (qariyb 500 xonadon) asosan, tojiklar bo‘lib (nomi shundan) batafsil »

Tarnovboshi

TARNOVBOSHI – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Taxtapul, Darvozakent, Sebzor, Kohota mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Arxiv materiallariga ko‘ra, 19-asr oxirlarida Tarnovboshida 24 xonadon, 1 masjid bo‘lib, ellikboshining ismi Tosh oqsoqol deb atalgan. Aholisi (asosan, o‘zbeklar) hunarmandchilik, savdo-sotiq, dehqonchilik va bog‘dorchilik (Yunusobod, Oqtepa, Boltamozor mavzelarida) bilan shug‘ullangan batafsil »