Bosh sahifa » Sulola » Dolimovlar shajarasi

Dolimovlar shajarasi

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Muhiddinbek va Faxriddinbek Komilovlar

Muhiddinbek Komilov – Komilbek Norbekovning birinchi o‘g‘il farzandi, 1918 yilda tug‘ilgan. 1939 yili politexnika institutiga o‘qishga kiradi va  uzoq haydalishlardan so‘ng 1947 yili tugatib, injener-energetik bo‘lib yetishadi. Muhiddin aka otasi surgun qilingandan keyin ham ancha dabdabali hayot kechirgan, otasidan qolgan katta boylikni jo‘ya va nojo‘ya ishlarga sarf qilgan. Urush jarohatlari hali tugamagan, ko‘plab xonadonlarda aza, xalq yarim och, yarim to‘q ... batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Komilbek

1917 yil 25 oktyabr (yangi hisobda 7 noyabr)da Petrogradda to‘ntarish munosabati bilan Muvaqqat hukumat ag‘darib tashlandi va butun hokimiyat Lenin boshchiligidagi bolsheviklar qo‘liga o‘tdi. “Hurriyat” gazetasining 1917 yil 7 noyabr sonida bolsheviklar tomonidan Qishki Saroyning egallanishi munosabati bilan bosh muharrir Abdurauf Fitrat “Rusiyada yana bir balo bosh ko‘tardi – bolshevik balosi!” – deb yozgan edi. Jadidchilik harakati namoyandalari, rahbarlari bunday ... batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Jadid qiyofasi

Karimbek va Komilbek Norbekovlar hisob-kitob, iqtisod ilmini ancha yaxshi bilgan, isrofgarchilikdan juda ehtiyot bo‘ladigan, ortiqcha hashamatni, man-manlikni yomon ko‘radigan, nihoyatda tartibli odamlar bo‘lishgan, to‘y va ma’rakalarni ham ancha mo‘’jaz qilib o‘tkazishgan, xalqning gap-so‘zlaridan qattiq andisha qilishgan. Bu haqda Toshkent shahrining qassoblar sulolasiga mansub, ota-bobolari ham qassob bo‘lib o‘tgan, bizning qo‘shnimiz, iymon-e’tiqodli mashhur G‘ofir qassob Abdunabi qassob o‘g‘li (mening yaqin mahalladosh ... batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Buxoro qozikaloni fatvosi

Muhammadaminbek va ayniqsa farzandlarining millat manfaatlari yo‘lida olib borgan xayrli ishlari keng xalq ommasiga ma’qul bo‘lsa-da, kimlarningdir g‘azabini oshirar, g‘ashiga tegar, millat, Vatan fidoyilarini tiyib qo‘yish, ta’qib ostiga olish uchun imkon qidirar edilar. Buning uchun katta imkoniyat ham topila qoldi. 1914 yilda Rusiyasining Birinchi jahon urushida qatnashishi natijasida butun mamlakat, ayniqsa, mustamlaka Turkiston xalqlarining ham iqtisodiy, ham siyosiy ahvoli keskin ... batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. “Brilliant uzuk” voqyeasi

Qattiq ta’qib va tazyiqlarga qaramay, faoliyat doirasi ancha keng bo‘lgan “Turon” xayriya jamiyati qoshidagi “Turkiston kutubxonasi” nashriyotining rahbarlari Komilbek va Karimbek Norbekovlar muassisligida Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Muhammadrasul Rasuliy, Rustambek ibn Yusufbek hoji, Holid Said, Mo‘minjon Muhammadjon o‘g‘li – Toshqin, Hoji Muin, Majid Qodiriy, Shokirjon ibn Abdurahmon, Inoyatulloqori ibn Domullo Mirzajon, Abdusame’qori, Shokirqori ibn Zokirqori domla kabi o‘nlab jadid pedagoglari ... batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. “Muallimlar jamiyati”

1916 yil o‘rtalarida Munavvaqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy hamda aka-uka Komilbek va Karimbek Norbekovlar hamkorlikda “Muallimlar jamiyati”ni tashkil etadilar. Jamiyatning asosiy maqsadi iqtidorli yoshlarni taraqqiy etgan chet el oliy o‘quv yurtlariga yuborish, Vatanimizda kelgusida ochilajak oliy o‘quv yurti uchun zamonaviy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis pedagoglar tayyorlash, jadid maktablari tashkil etish va ular uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar nashr etish edi batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Ma’naviyat

Mustamlaka o‘lkada kapitalistik munosabatlarning paydo bo‘lishi bilan yaramas, o‘ta qabih illatlarni ham olib keldi. Bu illatlar mahalliy xalq axloqiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi: mehmonxonalarda, restoranlarda “doim fiyon” (Ishoqxon Ibrat) bo‘lib yurish hollari vujudga keldi batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. 6-qism. Norbekovlar matbaasi

O‘tgan asrning 10-yillaridan boshlab, oilalari kattalashib qolgan uch aka-uka Dolimbek, Komilbek va Karimbeklar otalari Muhammadaminbek hoji maslahati bilan Sag‘bondagi joylarini alohida-alohida uch hovliga bo‘lib, butunlay yangitdan imoratlar qurdiradilar. Karimbek va Komilbek hovlilaridagi yangi uylarni o‘sha vaqtda mashhur bo‘lgan Toshkentning sinchkor ustalaridan Nabi usta quradi batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. 5-qism. Abdurashid qozi Ibrohimov esdaliklaridan

Markaziy Osiyo chor Rusiyasi tomonidan bosib olingach, Toshkent, Qo‘qon, Farg‘ona, Samarqand, Chimkent, Turkiston kabi shaharlarning o‘ris zobitlari, yirik boshqaruv ma’muriyati xizmatchilari yashaydigan hashamatli qismi paydo bo‘ldi, ularning farovon yashashlari uchun hamma shart-sharoitlar: zamonaviy uylar, bog‘-rog‘lar, charog‘on ko‘chalar, teatrlar, madaniyat va ma’rifat, ta’lim-tarbiya maskanlari yaratildi batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. 4-qism. Muhammadaminbek hoji masjidi

1912 yili aka-uka Dolimbek, Komilbek va Karimbek Norbekovlar otalari Muhammadaminbekni muborak haj safariga kuzatadilar. Karimbek otamning aytishlariga qaraganda, Muhammadaminbek Eron yo‘li bilan Istanbulga keladi va o‘zbeklarning Sultontepadagi eng e’tiborli takyasiga joylashadi. U yerda ta’lim olayotgan o‘zbek talabalariga iona ulashadi, bir necha oy yashab, Turkiyaning Izmir, Bursa shaharlarida bo‘ladi, qadamjolarni ziyorat qiladi batafsil »