Bosh sahifa » Sulola

Sulola

Sulola. Dolimovlar shajarasi. To‘ylar va yo‘qotishlar

…Mana shunday og‘ir va mashaqqatli damlarda uylanish navbati Usmonbek (Subutoy)ka keldi. Serfarzand Dolimbek eski udumga amal qilib, ancha ilgari – 1910 yili uzoq vaqt farzand ko‘rmagan ukasi Komilbekka o‘g‘li 3 – 4 yoshli Usmonbekni farzandlikka topshiradi. Bu tadbirda otalari Muhammadaminbek farmonbardor bo‘ldi. Bu voqyeadan ikki-uch yil o‘tgach, Komilbek dastlab qiz farzand ko‘radi va Kimyoxon ismini qo‘yadilar. Akasidan xursand bo‘lgan Komilbek …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. 20-30-yillar

1924 yilda Dolimbek uchinchi farzandi Nasira (1902 – 1984)ni Muhammad Solih (kelajakda kolxoz raisi)ga turmushga uzatadi, lekin uzoq vaqt farzand ko‘rishmaydi va ajralishadi. Birmuncha vaqt o‘tgach, 1931 yili Dolimbek Nasirani tog‘asi Rasulboyning eng katta o‘g‘li Abdumajid (1875 – 1953)ga uzatadi. Majid akaning yoshi ancha ulug‘ edi. Shuning uchun Nasira ammam “meni otam tengiga uzatasizlarmi!?” deb yig‘laganini aytishardi. Bu oiladan 3 …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Toshmuhamedov To‘lagan Rasulovich

Toshmuhamedov To‘lagan Rasulovich – Zohida ammam va Toshmuhammad pochchaning eng katta o‘g‘li, Dolimbek hoji nabiralarining eng kattasi bo‘lib, sho‘rolar davrida Dolimbek farzandlari va nabiralari orasida birdan-bir katta lavozimlarda ishlagan injener, olim, davlat va jamoat arbobidir. U 1920 yili tug‘ildi. Otasi Toshmuhammad Rasulboy o‘g‘li ma’rifatli savdogarlardan bo‘lib, onasi Zohida Dolimbek qizi o‘qimishli ayollardan bo‘lgan. Dahshatli 30-yillarda sho‘ro hukumati tomonidan otasi Toshmuhammadning …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Dolimbek hoji Muhammadaminbek hoji o‘g‘li

Muhammadaminbek hojining o‘g‘illari Komilbek va Karimbeklar hamda Rustambek hojining o‘g‘illari Hasanbek va Husanbeklar 1890-yillarda rus-tuzem maktabida o‘qishlari munosabati bilan bobolarining ismi Norbekdan kelib chiqqan holda “Norbekov” familiyasini olishgan edi. Chunki o‘rischa taomilga ko‘ra, rus va rus-tuzem maktablarida o‘qigan yoki gubernatorlik idoralarida ishlaganlarga, Rusiya va chet ellar bilan savdo ishlari olib boruvchilarga familiya joriy etilgan edi. 1920-yillarning ikkinchi yarmidan Norbekovlarga nisbatan …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Rustambek hoji Norbek o‘g‘li

Endi ikki-uch og‘iz so‘z bobokalonimiz Norbek Xaytabek o‘g‘lining uchinchi farzandi, Muhammadaminbek hojining ukasi Rustambek hoji va uning farzandlari Hasanbek va Husanbeklar haqida. Rustambek 1845 yilda tug‘ildi, katta savdogar bo‘lib yetishdi, ko‘proq G‘ulja, Koshg‘ar, O‘rimchi shaharlari bilan savdo aloqalari o‘rnatgan va bu shaharlarga tez-tez borib turgan. Rustambekning birinchi oilasi Norxonbibi baland bo‘yli, nihoyatda ko‘rkam ayol bo‘lgan, deyishardi, undan Hakimbek ismli farzand …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Karimbek Norbekov

Toshkentga kelishdan qo‘rqib, G‘uljaga ketishga jazm qilgan Karimbek Norbekovning hayoti bir oz boshqacharoq kechdi. Vatanidan quvg‘in qilingan ko‘plab o‘rta osiyolik sho‘ro muhojirlari qatorida u ham Sibir surgunidan qochib, G‘uljaga panoh izlab kirib bordi. Karimbek otam 1967 yili bizning hovlimizda bo‘lganlarida G‘uljada kechgan hayotlari haqida adam va oyimlarga birmuncha gapirib bergan edilar: “Biz toshkantlik besh kishi 1936 yilning yozida hammamizga yaxshi …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Muhiddinbek va Faxriddinbek Komilovlar

Muhiddinbek Komilov – Komilbek Norbekovning birinchi o‘g‘il farzandi, 1918 yilda tug‘ilgan. 1939 yili politexnika institutiga o‘qishga kiradi va  uzoq haydalishlardan so‘ng 1947 yili tugatib, injener-energetik bo‘lib yetishadi. Muhiddin aka otasi surgun qilingandan keyin ham ancha dabdabali hayot kechirgan, otasidan qolgan katta boylikni jo‘ya va nojo‘ya ishlarga sarf qilgan. Urush jarohatlari hali tugamagan, ko‘plab xonadonlarda aza, xalq yarim och, yarim to‘q …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Komilbek

1917 yil 25 oktyabr (yangi hisobda 7 noyabr)da Petrogradda to‘ntarish munosabati bilan Muvaqqat hukumat ag‘darib tashlandi va butun hokimiyat Lenin boshchiligidagi bolsheviklar qo‘liga o‘tdi. “Hurriyat” gazetasining 1917 yil 7 noyabr sonida bolsheviklar tomonidan Qishki Saroyning egallanishi munosabati bilan bosh muharrir Abdurauf Fitrat “Rusiyada yana bir balo bosh ko‘tardi – bolshevik balosi!” – deb yozgan edi. Jadidchilik harakati namoyandalari, rahbarlari bunday …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Jadid qiyofasi

Karimbek va Komilbek Norbekovlar hisob-kitob, iqtisod ilmini ancha yaxshi bilgan, isrofgarchilikdan juda ehtiyot bo‘ladigan, ortiqcha hashamatni, man-manlikni yomon ko‘radigan, nihoyatda tartibli odamlar bo‘lishgan, to‘y va ma’rakalarni ham ancha mo‘’jaz qilib o‘tkazishgan, xalqning gap-so‘zlaridan qattiq andisha qilishgan. Bu haqda Toshkent shahrining qassoblar sulolasiga mansub, ota-bobolari ham qassob bo‘lib o‘tgan, bizning qo‘shnimiz, iymon-e’tiqodli mashhur G‘ofir qassob Abdunabi qassob o‘g‘li (mening yaqin mahalladosh …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Buxoro qozikaloni fatvosi

Muhammadaminbek va ayniqsa farzandlarining millat manfaatlari yo‘lida olib borgan xayrli ishlari keng xalq ommasiga ma’qul bo‘lsa-da, kimlarningdir g‘azabini oshirar, g‘ashiga tegar, millat, Vatan fidoyilarini tiyib qo‘yish, ta’qib ostiga olish uchun imkon qidirar edilar. Buning uchun katta imkoniyat ham topila qoldi. 1914 yilda Rusiyasining Birinchi jahon urushida qatnashishi natijasida butun mamlakat, ayniqsa, mustamlaka Turkiston xalqlarining ham iqtisodiy, ham siyosiy ahvoli keskin …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. “Brilliant uzuk” voqyeasi

Qattiq ta’qib va tazyiqlarga qaramay, faoliyat doirasi ancha keng bo‘lgan “Turon” xayriya jamiyati qoshidagi “Turkiston kutubxonasi” nashriyotining rahbarlari Komilbek va Karimbek Norbekovlar muassisligida Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Muhammadrasul Rasuliy, Rustambek ibn Yusufbek hoji, Holid Said, Mo‘minjon Muhammadjon o‘g‘li – Toshqin, Hoji Muin, Majid Qodiriy, Shokirjon ibn Abdurahmon, Inoyatulloqori ibn Domullo Mirzajon, Abdusame’qori, Shokirqori ibn Zokirqori domla kabi o‘nlab jadid pedagoglari …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. “Muallimlar jamiyati”

1916 yil o‘rtalarida Munavvaqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy hamda aka-uka Komilbek va Karimbek Norbekovlar hamkorlikda “Muallimlar jamiyati”ni tashkil etadilar. Jamiyatning asosiy maqsadi iqtidorli yoshlarni taraqqiy etgan chet el oliy o‘quv yurtlariga yuborish, Vatanimizda kelgusida ochilajak oliy o‘quv yurti uchun zamonaviy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis pedagoglar tayyorlash, jadid maktablari tashkil etish va ular uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar nashr etish edi

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Ma’naviyat

Mustamlaka o‘lkada kapitalistik munosabatlarning paydo bo‘lishi bilan yaramas, o‘ta qabih illatlarni ham olib keldi. Bu illatlar mahalliy xalq axloqiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi: mehmonxonalarda, restoranlarda “doim fiyon” (Ishoqxon Ibrat) bo‘lib yurish hollari vujudga keldi

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. 6-qism. Norbekovlar matbaasi

O‘tgan asrning 10-yillaridan boshlab, oilalari kattalashib qolgan uch aka-uka Dolimbek, Komilbek va Karimbeklar otalari Muhammadaminbek hoji maslahati bilan Sag‘bondagi joylarini alohida-alohida uch hovliga bo‘lib, butunlay yangitdan imoratlar qurdiradilar. Karimbek va Komilbek hovlilaridagi yangi uylarni o‘sha vaqtda mashhur bo‘lgan Toshkentning sinchkor ustalaridan Nabi usta quradi

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. 5-qism. Abdurashid qozi Ibrohimov esdaliklaridan

Markaziy Osiyo chor Rusiyasi tomonidan bosib olingach, Toshkent, Qo‘qon, Farg‘ona, Samarqand, Chimkent, Turkiston kabi shaharlarning o‘ris zobitlari, yirik boshqaruv ma’muriyati xizmatchilari yashaydigan hashamatli qismi paydo bo‘ldi, ularning farovon yashashlari uchun hamma shart-sharoitlar: zamonaviy uylar, bog‘-rog‘lar, charog‘on ko‘chalar, teatrlar, madaniyat va ma’rifat, ta’lim-tarbiya maskanlari yaratildi

batafsil »