Bosh sahifa » Shosh hokimlari

Shosh hokimlari

Tudun

TUDUN (xitoy manbalarida – Tutun) – Chochni idora etgan turkiy hokimlar unvoni (7–8-asrlar). 7-asr boshida Turk xoqonligi o‘z tasarrufidagi shaharlarga xoqon nomidan noiblar tayinlashga kirishgan. Chunonchi, xitoy manbalariga ko‘ra, 605 yil turk xoqoni Sheguyxon Choch taxtiga Tyan-chji (Fu-chji)ni te-le (Tegin) unvoni bilan o‘tqazgan, u Chochni 620 yilgacha idora etgan. Manbalarda 641 yil turk xoqoni Choch tudunini qo‘shin bilan o‘z dushmanlariga ... batafsil »

Normuhammad qushbegi

NORMUHAMMAD QUSHBEGI – Qo‘qon xonligining Toshkentdagi noibi (1847–1852, 1863–64), qipchoqlardan. Qurama hokimi (1846–47). Xonlikdagi yuqori mansablarni olgan: dodhoh (1844), qushbegi (1850). Toshkent zodagonlari va ponsodlari ko‘magida xon noibi Aziz parvonachini Toshkentdan quvib yuborgan, qo‘zg‘olonni bostirgan. Qo‘qon xonligi mingboshisi Musulmonqul Toshkentni qamal qilgan. Normuhammad qushbegi qo‘shini shahar tashqarisiga chiqib jang qilib zafar quchgan batafsil »

Suyunchxo‘jaxon

SUYUNCHXO‘JAXON, Suyunchakxon, Suyunchik sulton (taxminan 1452–1525.23.06) – shayboniylardan bo‘lgan Toshkent xoni (1503–25). Abulxayrxon va Ulug‘bekning qizi Robiya Sulton begimning farzandi. Shayboniyxon Movarounnahrni egallagach, Samarqandni poytaxt qilib, Turkistonni Ko‘chkunchixonga, Toshkentni Suyunchxo‘jaxonga bergan batafsil »

Yunusxo‘ja

XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent to‘rt qismga — Shayxontohur, Beshyog‘och, Ko‘kcha va Sebzor dahalariga bo‘lingan. “Chorhokimlik” nomi bilan ma’lum bo‘lgan bu davrda dahalar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar shahar xo‘jaligining, uning tashqi va ichki savdosini izdan chiqargan batafsil »