Bosh sahifa » Islom

Islom

Ilm. Islomda meros masalasi

Meros so‘zi «Virosatun» so‘zidan olingan bo‘lib ma’naviy yoki moliyaviy haqqa ega bo‘lish degani. Ya’ni, biron narsani bir shaxsdan boshqasiga o‘tishligidir. Shu ma’noga ko‘ra “Meros” mol, boylik, ilm, ulug‘likni o‘z ichiga oladi. Fiqxiy tushuncha bo‘yicha, mayitning ortida shar’iy vorisga qolgan mol va huquqlarga meros deyiladi. Meros ilmining asosiy dalil va hujjatlari Qur’oni Karim, sunnat va ijmo’dan olingan. Bu ilmda qiyosga o‘rin ... batafsil »

Juma mav’izalari. Savdoda halollik mezoni

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kimki kun bo‘yi ishdan, mehnatdan charchab, kechqurun halol mehnatning charchog‘i bilan yotsa bomdodgacha Alloh uning gunohini kechiradi”, dedilar. Halol mehnatning fazilati, halol kasbning sharofati gunohlarini kechirishlikka sabab bo‘ladi. Toatlarni qabuliga sabab bo‘ladi. Farzandlarni halol pokiza rizq bilan boqishlikka sabab bo‘ladi. Mana shunday halol kasblardan, pokiza ishlardan Alloh va rasuli rozi bo‘ladigan ... batafsil »

Islom. Iymon («Aqidada adashmaylik» ruknidan)

Davomi Avvalgi qismni o‘qish 6. Qadarning yaxshi yomoni, shirin achchig‘i Alloh taolodan ekaniligiga iymon keltirish Alloh taolo Qur’oni karimda: “Albatta, Biz har bir narsani o‘lchov ila yaratdik”, degan (Qamar surasi, 49 oyat). O‘zbek tilida “o‘lchov” deb tarjima qilingan so‘z oyatda “qadar” lafzi bo‘lib keldi. Islom aqidasiga ko‘ra “qadar” Alloh taolo azalda O‘z ilmi va irodasi ila har bir narsani o‘lchovli ... batafsil »

Islom. Iymon (“Aqidada adashmaylik” ruknidan)

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Islom besh narsaga bino qilingandir: “Laa ilaaha illallohu Muhammadun Rasululloh” deb shahodat keltirishlik, namozni to‘kis ado etishlik, zakot berishlik, haj qilish va Ramazon ro‘zasini tutish”, dedilar. Iymon. Iymon til bilan iqror bo‘lish va qalb ila tasdiq qilishdir. Iymon keltirish vojib bo‘lgan narsalar quyidagilar: Iymon 1. Allohga 2. Uning farishtalariga ... batafsil »

Shosh.uz veb-saytining Islom rukni kanali o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi

Aziz o‘quvchi, inson uchun dunyodagi eng qimmatli narsa aqiyda, iymon e’tiqod ekanini ta’kidlab o‘tishning hojati yo‘q. Bu ulkan haqiqatligini juda yaxshi bilamiz. Chunki insonning ikki dunyodagi saodati aynan uning aqiydasiga bog‘liqdir. Agar aqiyda to‘g‘ri bo‘lsa yo‘li to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan amallari qabul bo‘ladi va bandalik bilan sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Aqiyda masalasi o‘ta muhim bo‘lgani uchun ham bu ilm ... batafsil »